YaNGILANGAN KONSTITUTsIYa YaNGI JAMIYaTNING MUSTAHKAM HUQUQIY POYDEVORI
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 30-aprel kungi umumxalq Referendumida qabul qilindi va u şu yilning 1-mayidan eʼtiboran kuçga kirdi. Endilikda 6 bölim 27 bob 155 moddadan iborat yangi tahrirdagi Konstitutsiya va unda belgilangan normalar, printsiplar demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat quriş, inson huquq va erkinliklarini taʼminlaşda muhim dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
Yangi Konstitutsiya, nafaqat huquq va erkinliklarni mustahkamladi, balki ularni amalga oşirişning real imkoniyatlarini taʼminlaş çora-tadbirlarini, kafolatlarini ham yaratdi. Şuningdek, hokimiyatlar bölinişi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi sözsiz tan olinişi, demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinişi, har bir şaxsga öz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qiliş, davlat organlari, mansabdor şaxslar, jamoat birlaşmalarining ğayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga şikoyat qiliş huquqi kabilar kafolatlangan. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qöyilgan huquq va erkinliklari daxlsiz deb eʼlon qilinib, ulardan sud qarorisiz mahrum etişga yoki ularni çeklab qöyişga heç kim haqli emas, deb belgilab qöyilgan.
Huquq va erkinliklarning çeklanişi masalasi avvalgi Konstitutsiyada ikkita norma bilan – “insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qöyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etişga yoki ularni çeklab qöyişga heç kim haqli emas” hamda “fuqarolar öz huquq va erkinliklarini amalga oşirişda boşqa şaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari şart”, deb tartibga solingan edi.
Konstitutsiyaning yangi tahririda uşbu ikkita norma deyarli özgarişsiz saqlab qolindi. Şu bilan birga, quyidagiça yangi norma qöşildi:
“Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining soğligini, ijtimoiy axloqni, boşqa şaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlaş maqsadida zarur bölgan doirada çeklanişi mumkin”.
Huquqlar çeklanişiga doir bu meʼyorlar, yangi Konstitutsiyaning boşqa bir moddasiga asosan, söz erkinligi huquqiga ham tegişli. Yaʼni, axborot izlaş, oliş va tarqatiş huquqi faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholi soğliğini, ijtimoiy axloqni, boşqa şaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş, jamoat xavfsizligi va tartibini taʼminlaş, davlat sirlari yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirning oşkor etilişiga yöl qöymaslik maqsadida çeklanişi mumkin.
Yangi Konstitutsiyaga köra, Prezidentning vakolat muddati 5-yildan 7-yilga uzaytirildi. Prezidentning “davlat boşliği” maqomi, ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Prezident bölişi mumkin emasligi, Prezidentning qasamyodi matni va Prezidentga taalluqli boşqa aksariyat normalar özgarişsiz qoldirildi.
Xalqimiz muallifligida işlab çiqilgan Yangi Özbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz turmuş tarzini yuksaltiriş yölida qabul qilinadigan qonunlarimiz uçun yölçi yulduz bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Barça yurtdoşlarimizni Konstitutsiyamizning 31 yilligi bilan muborakbod etaman.
N.JUMANIYoZOVA, tuman Adliya bölimi YuXKM boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶