IŞLAŞ ISTAGIDA BÖLGAN FUQAROLARGA MUNOSIB MEHNAT ŞAROITLARI YaRATILMOQDA
Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlaş, ularni işsizlikdan himoya qiliş, şuningdek, kambağallikni qisqartiriş çoralarini köradi.
Konstitutsiyaning 43-moddasidan.
Fuqarolarning munosib hayot keçirişini, millatlararo totuvlikni, köp millatli yurtimiz xalqining farovon va obod turmuş keçirişini taʼminlaşga xizmat qiladigan Asosiy Qonunimiz har birimizning faxrimiz, iftixorimizdir. Inson hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati yuksak tutilgani bois mazkur hujjatga hurmat-eʼtiborimiz yuqori.
Asosiy Qonunimizning 43-moddasida fuqarolarning bandligini taʼminlaş masalalari eʼtiborga olingan.
Ha, darhaqiqat, mamlakatimizda aholi turmuşi sifatini oşirişga, doimiy daromad manbaiga ega bölişi uçun bandligini taʼminlaşga, işsiz yoşlarni qayta kasb-hunarga öqitişga va tadbirkorlikka jalb etişga ulkan eʼtibor qaratilayapti.
Tuman Kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligiga kömaklaşiş bölimi tomonidan ham hududda yaşovçi aholining turmuşi farovonligini oşiriş, iş bilan band bölmaganlarni böş iş örinlariga joylaştiriş, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, öz biznesini taşkil etiş istagidagi fuqarolarga imtiyozli kreditlar olişiga kömaklaşiş, subsidiya asosida mehnat qurollari bilan taʼminlaş, işsiz yoşlarni kasb-hunarga öqitiş borasida tizimli işlar olib borilayotir. Şu maqsadda joriy yilning ötgan 10 oyi davomida oilaviy tadbirkorlikni taşkil etiş uçun dasturga muvofiq 4323 nafar fuqaroga 80724 mln. söm miqdorida yengillaştirilgan kreditlar ajratildi. 487 fuqaroga 340 mln. söm subsidiyalar ajratildi, 1341 nafar fuqaroga auktsion orqali uzoq muddatli ijaraga 754 gektar yer maydonlari ajratib berildi.
Bölim tomonidan faol iş izlayotgan 15671 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Şundan doimiy iş örinlariga 9158 nafar, haq tölanadigan jamoat işlariga 573 nafar fuqaro joylaştirildi. 594 nafar fuqaroning esa özini özi band qilişi hisobiga bandligi taʼminlandi, 271 nafar fuqaro yangi taşkil etilgan kooperativlarga biriktirildi.
Ötgan 10 oyi mobaynida 626 nafar yoşlar kasb-hunarga öquv kurslarida özlarining xohişlariga köra öqitildi. 923 tadbirkorlik subʼektlari taşkil qilindi.
Albatta, hayotda qanday yaşaş, qanday faoliyat bilan şuğullaniş har kimning öz ixtiyorida. Tuman Kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligiga kömaklaşiş bölimi tadbirkorlik, dehqonçilik qiliş va xizmat körsatiş kabi turli sohalarda işlaş istagida bölgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaydi va ularga munosib şaroitlar yaratişga intiladi.
Murodjon Boltayev,
tuman Kambağallikni qisqartiriş va aholi
bandligiga kömaklaşiş bölimi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶