YaNGILANGAN KONSTITUTsIYa VA “ÖZBEKISTON – 2030” STRATEGIYaSI MAZMUN-MOHIYaTI TUŞUNTIRILDI
Navoiy nomli mahalla fuqarolar yiğini binosida Prezidentimizning Farmoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan tub islohotlar hamda Yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini tuşuntirişga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
Uşbu yiğilişda Navoiy nomli MFY raisi B.Kadirov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi masʼullari, mahalla faollari, aholi vakillari qatnaşişdi.
Yiğilişda Asosiy Qonunimizda millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, barça fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, söz va vijdon erkinligi printsiplari ustuvor ahamiyat kasb etgani xususida söz yuritildi. Şu huquqiy asosda qabul qilingan “Özbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Barqaror rivojlaniş maqsadlariga uyğun ekanligi ham eʼtirof etildi.
Şuningdek, “Özbekiston — 2030” strategiyasida jami 100ta maqsad, 369ta çora-tadbir, 190ta vazifa, 306ta maqsadli körsatkiç bajarilişi va bu borada 118ta normativ-huquqiy hujjat işlab çiqilişi közda tutilgani töğrisida söz yuritildi. Uşbu dasturilamal hujjatning ijrosidan yurtimizdagi har bir insonga qulay imkoniyat va yengilliklar, moddiy va maʼnaviy manfaat yetib, har qaysi oila va xonadonga obodlik, tökinlik, fayz va baraka kirişi aytib ötildi.
Yiğiliş davomida strategiyada körsatilgan maqsad va yönalişlar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Q.Atamurodov,
Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶