22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 13:02
Jamiyat 👁 226

JINOYaTChILIK, HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISh – DOLZARB VAZIFA

JINOYaTChILIK, HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISh – DOLZARB VAZIFA

Yoshlar kelajagiga eʼtibor va gʻamxoʻrlik bugungiday dolzarb ahamiyat kasb etgan emas. Chunki shiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayonida ularni yot gʻoyalardan asrash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, maftura maydonining turli xurujlaridan himoya qilish va maʼnaviy yetuk qilib voyaga yetkazish juda muhim.

Buningdek dolzarb vazifa ijrosiga hissa qoʻshish maqsadida “Amudaryo televideniyesi” tahririyati Oliy Majlis huzuridagi noadvlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi taʼsis etgan “Yoshlarning maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish” nomli grant tanlovida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻldi va amalga oshirib kelmoqda.

Yaqinda tahririyat xodimlari ushbu loyiha ish rejasiga muvofiq yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat sodir qilishga moyil yoshlar bilan ishlashish, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar, qilinishi belgilanayotgan rejalar bilan tanishish maqsadida tumanimizning Boʻzyop ovulida boʻldilar.

Tuman markazidan 35 kilometr olisda joylashgan ushbu ovulda 1131 xonadonda 5991 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 30 yoshgacha boʻlganlar 3279 nafarni tashkil etadi. Shu raqamning oʻziyoq ovul fuqarolar yigʻini raisi Rustam Toʻrayev, xotin-qizlar faoli Gulzoda Koʻbayeva, yoshlar yetakchisi Valibek Aminov, hokim yordamchisi Shavkat Duysenboyev va profilaktika inspektori Adham Yoʻldoshevlarning zimmasida yoshlar kamoli yoʻlida nechogʻlik masʼuliyali vazifalar turganligini koʻrsatadi.

Avvalo shuni qayd etish lozimki, hudud yoshlarining huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir etishining oldini olish, muqaddam jinoyat sodir etib, jazo muddatini oʻtab qaytgan fuqarolarning qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, probatsiya hisobida turuvchi 6 nafar fuqarolarning belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishini nazorat qilish borasida ovul fuqarolar yigʻini masʼullari va profilaktika inspektori, hudud inspektor-psixologining hamkorlikdagi rejasi ishlab chiqilgan. Rejaga koʻra, yoshlar, voyaga yetmaganlar orasida yurtimizning amaldagi qonun-qoidalariga boʻysunish, qonunlarni hurmat qilish yuzasidan manzilli targʻibot tadbirlari olib borilayapti, tungi vaqtlarda yoshlarning bemaqsad yurishlari qattiq nazorat qilinayapti. Aholi tinch-osoyishtaligini saqlash, bandligini taʼminlash, ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayapti.

Bu haqda ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida boʻlib oʻtgan yigʻilishda ham batafsil soʻz yuritildi. Mavzu yuzasidan loyiha ijrochilaridan biri Oygul Rajabova, ovul fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Gulzoda Koʻbayeva, profilaktika inspektori Adham Yoʻldoshev, yoshlar yetakchisi Valibek Aminov, koʻchaboshchi ayollar Jumabika Matyoqubova, Safargul Haytimbetova, Gulchehra Mirzagʻaliyevalar oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar. Tadbirda yoshlarga eʼtiborni kuchaytirgan holda ularning maʼnaviyatini yuksaltirish, oilada ularning qiziqishlarini eʼtiborga olgan holda boʻsh vaqtlarida qiziqarli mashgʻulotlarga jalb qilish lozimligini taʼkilandi.

Sevara Ismoilova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026