16-va 26-sonli maktablarda Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbirlar ötkazildi
Har yili 8-dekabr – mamlakatimizning Asosiy Qonuni – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun ulkan tantana qilinadi. Boisi, davlatimizning erkin va adolatli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlat bölişida Konstitutsiyamizning ahamiyati çeksiz.
Mazkur hujjat davlat suverenteti ğoyalariga yöğrilgani va inson şaʼni, huquqlarini muqaddas deb eʼtirof etgani bilan, fuqarolarning munosib hayot keçirişlarini, tinç-totuvligini taʼminlaşga xizmat qilayotgani bilan ham har birimiz uçun azizdir. Şuning uçun ham har yili Konstitutsiya qabul qilingan kun yuritimizda keng tantana qilinadi. Sana munosabati bilan maktabgaça taʼlim, umumiy örta taʼlim muassasalarida Konstitutsiya mazmun-mohiyatini tarğib etişga bağişlangan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkaziladi, “Konstitutsiyamizni örganamiz” mavzusida darslar ötiladi, öquvçilarning Asosiy Qonunimiz haqidagi bilimlarini sinovdan ötkaziş uçun turli tanlovlar ötkaziladi.
Amudaryo tumanining Bosuv mahallasida faoliyat yuritayotgan 26-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ham Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 31 yilligi keng tantana qilindi.
Maktabning 3 “B” sinfida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi. Unda sinf öqituvçisi Roza Gulmonova Konstitutsiya haqida, yoş avlodning taʼlim-tarbiya olişi, barkamol bölib voyaga yetişida davlatimizning amalga oşirayotgan ğamxörligi xususida batafsil tuşunçalar berdi.
Öquvçilar mavzuga oid şeʼrlar ijro etdilar. 6 “B” sinf öqituvçisi Kumuşoy Xolimbetova “Konstitutsiya – baxtimiz kafolati” mavzusida sinf soati ötdi. Sinf soatida Konstitutsiya haqida maʼruza tinglandi va bu boradagi öquvçilarning fikr-mulohazalariga ham keng örin berildi. Muallima barça fikrlarga munosabat bildirib, darsga yakun yasadi.
Şu kuni maktabning 5-7-sinflari öquvçilari örtasida Konstitutsiya mazmun-mohiyatini ifoda etuvçi rasmlar tanlovi bölib ötdi. Belgilangan muddat içida öquvçilar çizgan suratlarini öqituvçilar jamoasidan tuzilgan hakamlar hayʼati aʼzolari odilona baholadilar. Natijalarga köra, Jahongir Rajabboyev, Şodibek Ahmadov, Qamaroy Xudoyberganovalar çizgan rasmlar eng mazmunli va maqsad aniq ifoda etilgan, deb topildi. Fan öqituvçisi Nargiza Avazmurotova tanlov ğoliblarini eʼlon qildi va taqdirladi.
Sana munosabati bilan maktabning huquqşunoslik fani öqituvçisi Nilufar Saʼdullayeva 9 “A” sinfda “Konstitutsiyamiz haqidagi bilimlarimiz” mavzusida davra suhbati ötkazdi.
Davra suhbatida öquvçilar Konstitutsiya haqidagi fikr mulohazalarini bildirdilar va mazkur hujjat yurtimizning yoşi, jinsi, mavqeidan qatʼiy nazar, har bir fuqarosi uçun emin-erkin yaşaşi, munosib şaroitlarda mehnat qilişi, öqişi va baxtiyor yaşaşining kafolati ekanligini taʼkidladilar.
Mavzu yuzasidan 9 “B” sinf öquvçilari orasida inşolar tanlovi ötkazildi. Ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Gulsevar Kamolova ötkazgan uşbu tanlovda Şahnozabonu Maşaripova, Dilnavoz Ahmadovalar ğolib, deb topildi.
Konstitutsiyamizning 31 yilligi şarafiga taşkillaştirilgan tadbirlar maktab badiiy havaskor öquvçilarining maxsus kontsert dasturiga ulanib ketdi.
Manğit şahrida joylaşgan 16-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ham “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Tadbirni maktabning davlat va huquq asoslari fani öqituvçilari Maʼrifat Rajabova, Adolat Davekovalar 7-, 8-, 9-sinflar öquvçilari iştirokida taşkillaştirdilar.
Maktab faollar zalida bölib ötgan tadbirga maktab öqituvçilari, öquvçilari, ota-onalar vakillari iştirok etdilar. Unda dastlab Konstitutsiyamiz haqida maʼruzalar öqildi va uning mazmun-mohiyati haqida öquvçilarga keng tuşunçalar berildi.
Aytiş joizki Asosiy Qonunimizning mazmun-mohiyati, uning hayotimizda tutgan örni va ahamiyatini öquvçilar ongiga çuqur singdirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu mazkur tadbirda ham öquvçilarning Konstitutsiyaning moddalariga bergan taʼrif-şarhlarida yaqqol namoyon böldi.
Öquvçilar ijro etgan Konstitutsiya, ona Vatan, tinçlik osoyiştalik va baxtiyor bolalik haqidagi şeʼrlar, qöşiqlar va raqslar tadbirga yana ham özgaça şukuh bağişladi.
Tadbir öquvçilar namoyiş etgan Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi örni, ahamiyatini tarğib etuvçi sahna körinişi bilan nihoyasiga yetdi.
Ötkazilgan tadbirlar öquvçi-yoşlarga baxtimiz, tinç-osoyiştaligimiz, farovon hayotimiz kafolati bölgan Asosiy Qonunimizni keng tarğib etgani bilan ahamiyatli böldi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶