Kuzgi shudgor – ertangi moʻl hosilga zamin
Dehqonchilikdan moʻl hosil yetishtirishda kuzgi shudgorlashning ahamiyati katta. Sifatli oʻtkazilgan kuzgi shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi.
Yerlarni kuzgi shudgorlashga kirishishdan oldin texnikalar sifatli taʼmirlanishi, dalalar esa haydovga tayyorlanishi, haydov toʻgʻri tashkil etilishi lozim. Sifatli shudgorlangan maydonlarda shoʻr yuvish, yaxob suvi berish, erta bahorda dalalarni ekishga sifatli tayyorlash kabi agrotexnik tadbirlar gektarlar hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Tumanimizda joriy yilgi ekinlardan boʻshagan dalalarda kelgusi yil hosili uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlanib ketdi. Bu boradagi tadbirlar, tabiiyki, kuzgi shudgorlashdan boshlanadi.
Kuzgi shudgorlashni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish uchun mavjud texnikalar sifatli taʼmirlanib, mavsumga shay qilib qoʻyildi.
Joriy yil kuzida tumanimiz boʻyicha 12420 gektar ekin maydonlarini shudgorlash rejalashtirgan. Bu ishda qatnashayotgan 43ta yuqori unumli, 50ta oddiy surim texnikalari yuqori unum bilan ishlashiga erishilayotir.
Mavjud 364ta fermer xoʻjaliklaridagi ekin maydonlarini 6-noyabrdan 30-noyabrgacha sifatli shudgorlash rejalashtirilgan. Bu ishlarda qatnashadigan texnikalar 15ta surim otryadlariga biriktirildi va shudgorlash jadvali ishlab chiqildi.
Ayni kunlarda tumanimizning ekindan boʻshagan maydonlarida kuzgi shudgorlash ishlari qizgʻin davom etmoqda va kuniga 300 gektar atrofidagi maydonlar sifatli shudgorlanmoqda. Toʻlqin ovulidagi “Amat Toʻrayev”, Qipchoq ovulidagi “Haytimbetov Sulton” fermer xoʻjaliklarida esa kuzgi shudgorlash ishlari noyabr oyining ikkinchi oʻn kunligida nihoyasiga yetkazildi. Xoʻjaliklarda kuzgi shudgorlash ishlari davom etmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶