MTTLARDA SOĞLOM VA XAVFSIZ OVQATLANTIRIŞNI TAŞKIL ETIŞ MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING ÖTKAZILDI
Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida soğlom va xavfsiz ovqatlantirişni taşkil etiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişga doir masalalar yuzasidan seminar-trening taşkil etildi.
Seminarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari Komitetining 2023-yil 5-iyundagi tegişli qarorida belgilangan vazifalarning bajarilişini taʼminlaş va “Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida soğlom va xavfsiz ovqatlantirişni taşkil etiş” böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan söz yuritildi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi “Davlat maktabgaça taʼlim muassasalarida soğlom ovqatlantiriş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi tegişli qarori va 2021-yil 30-iyundagi “Davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida soğlom ovqatlantiriş tizimini takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari asosida MTTlarda soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş, tarbiyalanuvçilarning soğlom va barkamol ösişini taʼminlaş, oşxonalarda sifatli taomlar tayyorlaş uçun gigiyenik talablarga muvofiq şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratiş kerakligi taʼkidlandi.
Seminarda tuman SEO va JSBning sanitariya-gigiyena bölimi mudirasi N.Yeşimova kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi va tarbiyalanuvçilarga sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining kunlik miqdori sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida belgilanişi talab etilişini, tarbiyalanuvçilar uçun taomlar sanitariya-gigiyena meʼyorlari va normativlari hamda ovqatlaniş texnologiyasi qoidalariga amal qilgan holda tayyorlaş, saqlaş tartibi töğrisida gapirib ötdi.
Seminar davomida savol-javoblar ötkazilib, qatnaşuvçilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar tinglandi va tegişli qarorlar qabul qilindi.
S.Patullayeva, MMTB metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶