79-sonli maktabda öqituvçilarning 4K modeli böyiça könikmalarini şakllantiriş maqsadida seminar bölib ötdi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 10-noyabr kungi buyruğiga asosan Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Pedagoglarni yangi metodikalarga örgatiş milliy markazi tomonidan taʼlim sifati yuqori bölmagan umumiy örta taʼlim maktablariga manzilli metodik xizmat körsatiş böyiça bir qator işlar amalga oşirilmoqda.
Şu yönalişda 24-noyabr kuni Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 79-sonli maktabda bir guruh tajribali metodistlar iştirokida seminar bölib ötdi.
Unda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Pedagoglarni yangi metodikalarga örgatiş milliy markazi Metodik xizmat körsatiş bölim boşliği Abatbay Kenesbayev, metodistlar, mazkur maktab öqituvçilari hamda tegişli soha vakillari iştirok etdilar.
Seminarda Metodik xizmat körsatiş bölimi metodistlari Nargiza Matlatipova va Dilorom Aytmurotova yiğilgan öqituvçilarga darslarida 4K modeli böyiça könikmalarini şakllantiriş maqsadida mahorat darslarini ötdilar.
Aytiş joizki, zamonaviy taʼlimni rivojlantirişda 4K modeli asosida hayotiy könikmalarni darslarda unumli taşkil etişga Amudaryo tumanidagi maktablarda ham belgilangan reja asosida işlar davom etmoqda.
79-sonli maktabda taşkil etilgan mazkur seminar jarayonida malakali mutaxassislar tomonidan ilğor tajribalar asosida yaratilgan öquv dasturlarini amaliyotga joriy etiş va buning uçun har bir pedagogdan talab etiladigan kasbiy rivojlaniş, yangi bilim va dunyoqaraşga ega böliş borasida lozim bölgan bilim va metodik tavsiyalar berildi.
Şundan söng seminarning kun tartibiga qöyilgan pedagog kadrlar tarkibining sifati va ularni kasbiy rivojlantirişga doir masalalar yuzasidan soha vakillarining maʼruzasi tinglandi.
Seminar davomida maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçilari Mohigul Rajapova va Laylo Rajapboyeva, qoraqalpoq tili fani öqituvçisi Qirmizi Nurmanova, boşlanğiç taʼlim öqituvçisi Gözal Kamolovalar oçiq darslar ötdi.
Metodik xizmat körsatiş bölimi metodistlari tomonidan ötkazilgan oçiq darslar tahlil qilindi va öqituvçilarga darslar samaradorligini yanada oşiriş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.
Metodik xizmat körsatiş bölimi boşliği Abatbay Kenesbayev öz sözida maktab pedagogika jamoasining aksariyatini yoşlar taşkil qilişini va ularning şijoati, ğayrati, faolligidan mamnun ekanligini aytib ötdi.
Maktab öqituvçilari ötkazilgan mahorat darslaridan tegişli xulosa çiqarib, dars jarayonida tavsiya etilgan metodlardan unumli foydalanib, taʼlim sifatini oşirişga intilişlarini aytişdi.
Seminar yakunida öquvçi-yoşlarga taʼlim-tarbiya berişda amalga oşiriliş lozim bölgan işlar ham tahlil qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶