16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:24
Fan va taʼlim 👁 261

44-sonli maktab — maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan taʼlim maskanlaridan biri

44-sonli maktab — maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan taʼlim maskanlaridan biri

Maktabda maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish, tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqib, ijrosini nazorat qilish, muassasa oʻquvchilari, pedagoglari ishtirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning sifatini oshirish maktablar direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarining zimmasidagi asosiy vazifalardir. Shuningdek, milliy anʼana va qadriyatlar, xalqimizning boy maʼnaviy merosi asosida oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, ota-onalar bilan yaqin hamkorlik qilish ham ularning vakolat doirasidagi masalalardir.

Qaysiki taʼlim muassasasida bu vazifalar masʼuliyat bilan ado etilayotgan boʻlsa, shu jamoada erishilayotgan yutuqlar ham salmoqli boʻladi.

Amudaryo telekanali tahrariyati tomonidan amalga oshirilayotgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi ish rejasiga muvofiq tumandagi 44-sonli maktab faoliyati bilan tanishish borasida bunga yana bir bor amin boʻldik.

Maktab maʼmuriyatining avvalo oʻqituvchi kadrlarni joy-joyiga qoʻyib, darslar samaradorligini qatʼiy nazorat qilib borayotgani, oʻz ustida ishlaydigan, taʼlimdagi innovatsion pedtexnologiyalarni puxta egallab, oʻz faoliyatida qoʻllay oladigan ilgʻor oʻqituvchilarni ragʻbatlantirib borayotgani oʻzining ijobiy samaralarini berayotir. Ayniqsa, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Rufat Doʻsimbetov bu borada yoshlik gʻayrat-shijoati bilan ishlab, oʻqituvchilar, oʻquvchilar orasida hurmatga sazovor boʻlayotir.

U 1989-yilda tumanimizning Bobur nomli ovulida dunyoga keldi. Maktabni tamomlab, Qoraqalpoq davlat universitetining geografiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Oʻqituvchilik faoliyatini 2011-yilda 44-sonli maktabda geografiya fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshladi.

2015-2016-yillarda mazkur maktab “Kamolot” yetakchisi, 2018-yilda Yoshlar yetakchisi boʻlib ishladi. 2019-yil sentyabrdan boshlab, maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlib ishlab kelmoqda.

U mazkur lavozimda ish boshlagan davridan boshlab, jamoasida sogʻlom maʼnaviy muhit barqaror boʻlishiga intildi. Yaxshi natijalarga erishayotgan muallimlarni ragʻbatlantirib, oʻquvchilarni ham dars mashgʻulotlarini puxta egallashga unday oldi, turli tanlovlar, bilimlar sinovlarida yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilarni oʻrnak qilib koʻrsatish, orqali barcha oʻquvchilarni bilim asoslarini puxta egallashga undadi.

Joriy yilgi “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida maktabning 11-sinf oʻquvchisi Rayhona Nazarboyeva ikkinchi oʻrinni egalladi, 8-sinf oʻquvchisi Rayhona Shomurodova shaxmat boʻyicha Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston chempionati, nufuzli xalqaro musobaqalar gʻolibi, sovrindori, Farzona Tursunboyeva, Diyora Kenjaboyeva, Sevinchoy Gulimbetovalar sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha oʻtkazilayotgan koʻpgina musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining joriy mavsumida oʻgʻil bolalar jamoasi voleybol boʻyicha tumanda ikkinchi oʻrinni egalladi. Yakunlangan oʻquv yilida muassasani 40 nafar oʻquvchilar tugatishgan boʻlsa, ularning 12 nafari turli oliygohlar talabalari boʻldilar.

Maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Aʼzamjon Nurullayev tumanda eng yaxshi sport murabbiysi sifatida tan olingan, besh nafar oʻqituvchilar xalqaro va milliy sertifikatlarga ega.

Rufat Doʻsimbetov ularning safi kengayishi, oʻquvchilarning bilim asoslarini chuqur egallashlari uchun doimo izlanishda, intilishda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026