22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 13:02
Jamiyat 👁 258

Tumanimizdagi 2-sonli kasb-hunar maktabida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida koʻchat ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda

Tumanimizdagi 2-sonli kasb-hunar maktabida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida koʻchat ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan hududlar ekologiyasini yanada yaxshilash, atrof-muhit musaffoligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ekologik vaziyatni inobatga olib, tabiatni asrash maqsadida daraxt ekish ishlari kun tartibidagi muhim masalaga aylanmoqda. Shu maqsadda davlatimiz rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi va loyiha doirasida qator tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab bergan edi.

Bugun yurtimizda keng tus olgan “Yashil makon” umummilliy harakatining maʼno-mazmuni, maqsadi yurtimizda yashillikni kengaytirish barobarida tabiatni asrash, ekologiya musaffoligini saqlashga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Amudaryo tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida ham “Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi koʻchat ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Kasb-hunar maktabi miqiyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad – atrof-muhit musaffoligiga hissa qoʻshish va oʻquvchi-yoshlarning manzarali va mevali daraxt, buta koʻchatlari hamda urugʻ yetishtirish, ekish va parvarish qilish boʻyicha koʻnikmalarini oshirish, ular qalbiga ekologiyani asrash tushunchasini singdirishdan iboratdir.

Ustoz-murabbiylar bilan bir qatorda oʻquvchi-yoshlar ham daraxt koʻchatlarini ekib, tumanimizni yashil makonga aylantirishga oʻzlarining hissalarini qoʻshmoqdalar.

Xalqimiz orasida koʻchat ekib, bogʻ yaratish, yashab turgan hududni yashil makonga aylantirish azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Shu bois, ajdodlarimiz juda qadimdan guzar va yoʻllar boʻylari, ekinzorlarning chetlariga, koʻchalar yoqalatib turli xil manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishgan va buni oʻz farzandlari uchun ham doimiy anʼanaga aylantirishgan. Mamlakatimizda yashil hududlar barpo etish, ekilgan har bir tup niholni avaylab-asrash, uning tuproqqa ildiz qoʻyib, unib-oʻsib ketishini taʼminlash maqsadida har yili kuzgi va bahorgi koʻchat ekish mavsumiga alohida puxta taraddud koʻriladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kasb-hunar maktabi atrofiga jami 988 tup daraxt koʻchatlari ekilmoqda. Shundan 112 dona terak niholi, 48 dona tut daraxti, 203 dona manzarali daraxt, 625 dona mevali daraxt koʻchatlari ekilishi tumanimiz tabiatining sofligi va tozaligiga, qolaversa iqlim barqarorligiga katta hissa boʻlib qoʻshiladi. Bundan tashqari bino oldi hamda atrofiga 200ga yaqin gul koʻchatlari, 120 tup archa koʻchatlari ekilmoqda.

Daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bogʻlar hosil qilish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Ekish ishlari yakunlanganidan keyin koʻchatlar agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilish choralari koʻriladi.

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Yashil makon” loyihasi − bu bir yillik tadbir emas. Yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, tabiatga qanchalik koʻp mehr va eʼtibor bersak, kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun bizdan talab qilinadigan birgina narsa – tabiatni toza saqlagan holda yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishdir.

Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar ona tabiatni asrashga, shu bilan birga xalqimizning asrlar osha saqlanib kelayotgan milliy qadriyatlarini yoshlarimiz qalbiga yanada chuqur singdirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Shu oʻrinda aytish kerakki, “Yashil makon” umummilliy tadbirlari nafaqat oʻzimiz uchun, balki kelajak avlod uchun ham gʻamxoʻrlikning bir koʻrinishidir. Zero, tozalik va ozodalik bor joyda fayz-u baraka boʻladi. Yashil makonlar va koʻkalamzor hududlar esa sogʻlom turmush kechirishning eng asosiy omillaridan biridir.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026