KASBIMIZ MAŞAQQATLI, AMMO ŞARAFLI
Xalq salomatligi yölida, fidoyilik bilan mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari har qança eʼzozga, eʼtirofga munosib. Bemorlarga şifo ulaşib kelayotgan şifokor, hamşiralar Qipçoq oilaviy şifokorlik punktida ham talaygina.
Mamlakatimizda aholi soğliğini muhofaza qilişga davlat tomonidan berilayotgan eʼtibor, aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar mazkur tibbiy muassasada ham özining yaqqol ifodasini topmoqda.
Men öz qiziqişlarimga köra Ellikqalʼadagi tibbiyot bilim yurtiga öqişga kirdim va 2003-yilda bitirib çiqdim. Qipçoq şaharçasidagi kasalxonaning terapiya bölimida mehnat faoliyatimni boşladim. Hozirgi kunda 1-sonli oilaviy poliklinikadagi tibbiy brigadada patronaj hamşirasi bölib işlayman. Mening zimmamga Beştom mahallasi hududida istiqomat qiluvçi 208 ta xonadondagi 1 ming 30 nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatişdek masʼuliyatli vazifa yuklangan. Bir yoşgaça bölgan 31 nafar bolajonlardan har oyda bir marta xabar olib, salomatligini nazorat qiliş, vaznini ölçaş, ularni kökrak suti bilan ovqatlantirişni tarğib etiş, 14 nafar nogironligi bölgan fuqarolarning soğliğini muntazam nazorat qilib boriş, zarur hollarda davolanişga tavsiyalar berib borişdan taşqari, aholi orasida soğlom turmuş tarzi afzalliklarini tuşuntirib, soğlom yaşaşlariga erişiş oson emas. Bundan taşqari, tuğiş yoşidagi ayollardan xabar olib turiş, tuğruq oraliqlarini töğri rejalaştirişga örgatiş, hovli-joylarni ozoda, orasta saqlab, sanitariya-gigiyena qoidalari asosida hayot keçirişga tarğib etiş ham masʼuliyatli vazifa hisoblanadi. Bular bir qaraşda juda murakkabdek tuyulsa-da, sidqidildan işlagan odamga zavqli va şarafli. Xonadonlarga kirib borganimda odamlarning oçiq çehra bilan qarşi olib, tavsiyalarimga quloq solişlari, amal qilişlari, nuroniy keksalarning soğliğini tekşirib, şirin sözlar bilan tasalli berganimda köngillari kötarilib, minnatdor bölişlari menga kuç–ğayrat bağişlaydi. Xizmat hududimdagi har bir xonadon aʼzolari könglimga yaqin, qadrdon. Şu boisdan ham har kuni xizmat vazifamga xuş kayfiyatda otlanaman.
Yurtimizda noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nişonlanişi bizning sohamizga, maşaqqatli mehnatimizga hurmat-ehtirom ramzidir. Barça tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan qizğin qutlab, uzoq umr tilayman.
Mastura TÖRABOYeVA, 1-sonli oilaviy poliklinika patronaj hamşirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶