14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 16:12
Jamiyat 👁 7,824

KIYINISh MADANIYaTI - ShAXS MAʼNAVIYaTI KOʻZGUSIDIR

KIYINISh MADANIYaTI  -  ShAXS MAʼNAVIYaTI KOʻZGUSIDIR

Oʻrtacha kattalikdagi xonani toʻldirib oʻtirgan ayollarning suhbatini 17-18 yoshlar atrofidagi qizning baland ovozda:

- Assalomu alaykum, - deb kirib kelishi buzdi.

Ayollar alik olib qiz bilan soʻrashdi.

- Ena, choylaringiz bormi? Issiq choy olib kelaymi? –deya yuzlandi qiz xonadon bekasiga. Keyin xontaxta ustidagi choy qoldiqlarini olib, tozalagan boʻldi. Dasturxon tozalayotib tor shimi, koftasi noqulaylik tugʻdirgani uchunmi, goh oʻtirib, goh enkayib harakatlanar, enkayganida koftasining etagi koʻtarilib, beli koʻrinib turardi.

- Koʻylakda yur, deb necha marta aytaman-ov, gapimga kirmaysan, -dedi bu holdan oʻngʻaysizlangan ena.

- Ena, toʻngmasam boʻldi emasmi? –erkalandi qiz.

Shu bahona suhbat mavzui hozirgi kiyimlarga, kiyinish odobiga koʻchdi.

- Bozorga borib nevaramga bir qalinroq ustki kiyim olib beray, deb u boshidan kirib, bu boshidan chiqdim hamki, koʻnglimga oʻtirguday narsa topmadim. Nuqul odamning belini yopmaydigan kurtkalar. Sotuvchilar hozirgi moda shu, momo, oberavering bolangizga, deb kuladi. Nega endi jonimizni emas, modani oʻylashimiz kerak? –kuyunib soʻzlaydi ulardan biri.

- Hozirgi yoshlarga moda kerak. Sovqotgani bilan ishi yoʻq. Shuning uchun ham yoshlarda kasalliklarga chalinish koʻp uchrayapti.

Har kim oʻz bilganicha fikr bildirayapti. Mening xayolimda esa "toʻngmasam boʻldi emasmi”,-deya erkalanayotgan qiz gavdalanaveradi. Agar shu qizdan:

– Kiyim yana nima uchun kiyiladi? –deya soʻralsa, boshqa javob aytaolmasa ham kerak. Umuman, ustki kiyim odamning avvalo tanasini yopish, qolaversa, issiqdan, sovuqdan asrash uchun kiyilishi lozimligiga keyingi yillarda ayrim yoshlar juda yengil qarashayapti. Chunkiqizlarning yeng oʻrniga bogʻichli, yelkalari ochiq koʻylak, erkaklarning ham yengsiz futbolka, tizzasidan yuqori "shortik”lar kiyib yurganiga koʻzimiz tushadi. Buningdek holatlar sanoqli boʻlsa-da umumnazaridan chetda qolmasligi, yoqimsiz odatlarga chek qoʻyilishiga harakat qilinmogʻi lozim.

Toʻgʻri, hech kimning birovga unday yo bunday kiyin, deyishga haqqi yoʻq. Biroq yarim yalangʻoch kiyinish, oʻta tor kiyimlar avvalo inson sogʻligʻiga zararligini, qolaversa, milliyligimizga zid ekanligini tushuntirish, toʻgʻri yoʻl koʻrsatish orqali taʼsir oʻtkazish mumkin, albatta.

Xalqimizning asrlar davomida shakllangan, milliy qadriyatlar darajasiga koʻtarilgan kiyinish odobiga doir urflari borki, bugungi avlod vakillari ularni har qancha oʻrgansa, ibrat olsa, arziydi. Xususan, kiyimlar badanni yot nigohlardan asrashi uchun, uyga, toʻy-maʼrakaga, ishga kiyishga moʻljallanib sotib olinadi. Va oʻz oʻrnida toza, yaxshi saqlashga ham eʼtibor bilan qaraladi. Bosh kiyim hech qachon yerga qoʻyilmaydi, kiyimni bosib oʻtish odobsizlik sanaladi.

Odatda kiyimlarimiz iqlimga mos, yarashiqli va tabiiy matolardan tikilsa, har kim oʻz gavda tuzilishiga qarab bichim tanlasa, qanday yaxshi. Qisqa qilib aytganda, har bir shaxsning kiyinish madaniyatiga qay tarzda amal qilishi –uning maʼnaviyatini koʻrsatib turuvchi koʻzgudir. Har holda ostona hatlab koʻchaga chiqayotgan odam oʻzi haqida odamlarda yomon taassurotlar qoldirmaslikka, kiyinish odobiga rioya etishga harakat qilmogʻi lozim.

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://www.uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019