9 OY MOBAYNIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA TUMANIMIZ FUQAROLARIGA 54 MING 175 TA XIZMAT KÖRSATILDI
Yurtimizda davlat xizmatlari markazi tomonidan dastlabki yillarda 30 turga yaqin xizmat körsatilgan bölsa, hozirgi paytga kelib xizmatlar soni 300 turga yetkazildi. Markaz tomonidan yildan-yilga takomillaşgan holda körsatilayotgan xizmatlardan, ortiqça ovoragarçiliklarga barham berilayotganidan aholi juda mamnun. Hozirgi kunda Davlat xizmatlari markazi orqali körsatiladigan xizmatlar soni yana 1 taga köpaytirilib, aholiga belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi xorijga çiqiş biometrik pasportini beriş ham yölga qöyildi.
Amudaryo tumani Adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi orqali hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham aholiga bir joyda, tezkor, qulay, şaffof va sifatli xizmat körsatiş yölga qöyilgan bölib, joriy yilning 9 oyi davomida jami 54 ming 175 ta davlat xizmati körsatilgan. Uşbu davr mobaynida yuridik şaxslar 1 ming 800 tadan ortiq davlat xizmatlari, jismoniy şaxslar 52 mingdan ortiq davlat xizmatlaridan foydalangan.
Ötgan davr mobaynida Davlat xizmatlari markazida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron raqamli imzo kalitlarini beriş böyiça 12 ming 357ta, bolani davlat maktabgaça taʼlim muassasasiga joylaştiriş uçun 6 ming 897ta, ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi töğrisida maʼlumotnoma oliş böyiça esa 2 ming 729ta xizmat körsatildi.
Şuningdek, narkologiya kasalliklar böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi töğrisida maʼlumotnoma oliş böyiça körsatilgan xizmatlar 2 ming 735ta, kadastr pasportini şakllantirişga doir xizmatlar 4 ming 207ta, köçmas mulk obʼektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş böyiça 3 ming 505ta, quriliş-montaj işlari tugallangan obʼektdan foydalaniş uçun ruxsatnoma beriş va kadastr hujjatlarini rasmiylaştirişga doir körsatilgan xizmatlar 3 ming 38tani taşkil qildi. Sudlanmaganlik yoki sudlanganlik töğrisida maʼlumotnomalarni oliş uçun ariza yuboriş xizmati 1 ming 876ta, keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalar beriş böyiça körsatilgan xizmatlar 1 ming 323 ta böldi.
“Bir million dasturçi” loyihasi doirasida öquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoşlarga, şuningdek, IT-park rezidentining öquvçisi yoki bitiruvçisi bölgan yoşlarga kompyuter xarid qiliş böyiça isteʼmol krediti foizlarini qoplab berişga doir 1 ming 260ta, mavzuli sörovlarni ijro etiş böyiça 1 ming 120ta, nafaqa tayinlaş uçun ariza beriş 1 ming 75ta, avtomobil transportida yölovçilarni va yuklarni xalqaro yönalişlar böyiça taşişga litsenziya oliş böyiça 460ta, mobil ID tizimidan röyxatdan ötkazişga doir 1 ming 844ta xizmatlar körsatildi.
Undan taşqari, 159 nafar yuridik şaxslar, 662 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat röyxatidan ötkazilgan. Şuningdek, 140 nafar yuridik şaxslar, 54 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa qayta davlat röyxatidan ötkaziş xizmati körsatilgan.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan tumandagi ovul va mahallalari fuqarolari sayyor tartibda 2 ming 845ta davlat xizmatlaridan foydalanişdi. Uşbu jarayonlarda fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalaniş böyiça könikmalar, sohaga oid yangiliklar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Davlat xizmatlari markazining Xitoy ovulidagi filialida ham hudud aholisiga muntazam ravişda davlat xizmatlarini körsatiş yölga qöyilgan bölib, ötgan davr mobaynida 2 ming 313taga yaqin xizmat körsatilgan.
Aholi bilan yaqindan muloqot qiliş, şaffoflikni taʼminlaş Davlat xizmatlari faoliyatini samarali yölga qöyişda elektron hamkorlik qulaylik yaratmoqda. Yaqin kunlargaça fuqarolar hujjatbozlik işlarida qiynalar, bitta hujjatni töğrilaş uçun, idorama-idora ovora bölardi. Bir söz bilan aytganda, Davlat xizmatlari markazi aholining koriga yaraydigan, oğirini yengil qiladigan muassasaga aylandi.
S. Haytboyev, tuman Adliya bölimi DXM bölim boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶