«YoŞ KITOBXON» TANLOVINING TUMAN ĞOLIBLARI ANIQLANDI
Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida anʼnaviy tarzda ötkazilib kelinayotgan “Yoş kitobxon” tanlovi tobora keng qamrov kasb etmoqda. 3ta yoş toifasida, 5 bosqiçda ötkaziladigan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir doirasida ayni paytga qadar 3,6 million nafardan ortiq yoşlar iştirok etişib, ulardan 14 nafari tanlovning mutlaq ğoliblari bölişdi va Prezident sovğasi – “Spark” avtomobillari bilan mukofotlandilar.
Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş, 5ta muhim taşabbus doirasidagi tadbirlarga yoşlarni keng jalb qiliş orqali ularning intellektual salohiyatini yuksaltirişga qaratilgan mazkur tanlov yil sayin köproq yoşlarni jalb qilmoqda.
Diyorimizdan yetişib çiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbaşariy tsivilazatsiyaga, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan uluğ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylaş, kelgusi avlodlarga bezavol yetkaziş, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama çuqur örganiş va tarğib etiş, yoşlarimizni özlikni anglaş, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida Respublika miqyosida taşkillaştirilayotgan “Yoş kitobxon” körik-tanlovi har yili yuksak iqtidor egalari bölgan bilimdon yoşlarni kaşf etmoqda.
Amudaryo tumanida ham har yili “Yoş kitobxon” tanlovi yuksak uyuşqoqlik bilan, kötarinki ruhda ötkaziladi. Tanlov iştirokçilari orasida Prezident sovğasi – “Spark” avtomobili sovrindorlarining ham borligi amudaryolik yoşlarning intillektual salohiyati yuksakligidan dalolatdir.
Joriy yilning 27-oktyabr sanasida bölib ötgan “Yoş kitobxon” tanlovining Amudaryo tuman bosqiçi ham maʼnaviyatga oşno, axloqan yetuk, bilimdon yoşlar safi tobora oşib borayotganining amaliy isboti sifatida eʼtirof etildi. Unda 3ta yoş toifasidagi, yaʼni, 10-14, 15-19, 20-30 yoş toifalaridagi tanlovning hududiy bosqiçlari ğoliblari bölgan 36 nafar kitobxon yoşlar iştirok etdilar.
Manğit şahrining Oybek nomli mahallasida ötkazilgan tanlovning adolatli va şaffof ötkazilişini taʼminlaş maqsadida Yoşlar işlari agentligi Amudaryo tuman bölimi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman bölimi masʼullari rahbarligida nufuzli hakamlar hayʼati tomonidan tanlov Nizomiga muvofiq kitobxonlar bilimi odilona baholab borildi.
Tanlov Nizomiga köra, iştirokçilar 4ta savolga tezkor javob berişlari talab etildi va savollar bilet tanlaş orqali tanlab olindi, javob beriş uçun esa 2 daqiqa vaqt ajratildi. Iştirokçilarning bilimdonlik saviyasi 100 ballgaça bölgan baholaş tizimi orqali baholab borildi.
Hayajonli daqiqalarga boy, qiziqarli savol-javoblar asosida ötkazilgan “Yoş kitobxon” tanlovining Amudaryo tuman bosqiçi yakunlariga köra, 10-14 yoşli kitobxonlar orasida Çarosxon Safarboyeva, 15-19 yoş toifasida Sveta Xudoyorova, 15-19 yoş toifasida Omongul Jölliboyevalar yuqori ball töplab, “Yoş kitobxon” tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldilar.
Tanlov ğoliblari taşkilotçilar tomonidan munosib rağbatlantirildilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶