“INFOLIB O’ZBEKISTON – 2023” XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGIGA START BERILDI
Şu yil 23-oktyabr kuni Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida “Yoş kutubxonaçi: izlanuvçan, intiluvçan, iqtidorli” şiori ostida bölib ötgan haftalikning tantanali oçiliş marosimida Amudaryo muhandislik texnikumining kutubxonaşunoslik yönalişida tahsil olayotgan 1-kurs talabalari faol iştirok etişdi. Axborot-kutubxona haftaligi munosabati bilan “Har bir kitob bir dunyo” mavzusida oçiq eşiklar kuni kitoblar körgazmasi taşkil qilindi.
Forum doirasida “Kitob ziyosidan yaralgan ilm” deb nomlangan ijodiy keça ötkazildi. Keçada tumanimizda şeʼriyat yönalişida ijod qilişni boşlagan yoş havaskor şoira Maşhura Rajabovaning ilk şeʼriy kitobi taqdimoti bölib ötdi. Yoş ijodkor Maşhura Rajabova keça iştirokçilariga öz şeʼrlaridan öqib berdi va “Könglim” nomli kitobini kitobxonlarga taqdim qildi.
Tadbir davomida kitobxon yoşlarga kitob va kitobxonlik haqida ham maʼlumot berildi. Qiziquvçan kitobxonlar özlari yod olgan şeʼr va maqollarni aytişdi. Kitob şunday katta qudratga egaki, insonning ruhiyatini tozalaydi, eşik ortidagi hayotni körişga undaydi. Kitob öz mavqeyiga qarab qalbni tinçlantiruvçi, şuurni uyğotuvçi, insonni tarbiya qiluvçi , jamiyatni poklovçi bir omildir.
Aziz kitobxonlar! Haftalik davomida kutubxonamizda rang-barang tadbirlar davom etadi. Barça kitobxonlarni haftalik doirasida bölib ötadigan tadbirlarda iştirok etişga çorlab qolamiz.
R. Romanova, tuman Axborot kutubxona markazi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶