14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 09:42
Qishloq xoʻjaligi 👁 264

TOʻLQIN OVULIDA TOʻQSONBOSTI EKINLARI VA KOʻChAT EKISh IShLARI UYuShQOQLIK BILAN AMALGA OShIRILMOQDA

TOʻLQIN OVULIDA TOʻQSONBOSTI EKINLARI VA KOʻChAT EKISh IShLARI UYuShQOQLIK BILAN AMALGA OShIRILMOQDA

Shu kunlarda mamlakatimiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Amudaryo tumanida ham loyiha doirasida daraxt va buta koʻchatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

23-oktyabr kuni Toʻlqin ovulida ham loyiha doirasidagi turli manzarali va mevali daraxtlar koʻchatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi. Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini raisi Rashid Abdugʻaliyev hamda boshqa masʼullar, “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi Bekman Allaberganov, ovul nuroniylari, koʻchaboshchilari, faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab fuqarolar yigʻini binosi oldidan ajratilgan 5 sotixga yaqin yer maydoniga piyoz urugʻlari toʻqsonbosti usulida ekildi. Shundan soʻng, 200 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlari oʻtqazildi.

Tadbir davomida 2023-yil kuzida va 2024-yil “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oʻzbekistonda 200 million tup, tumanimizda esa kuz mavsumi davomida 488 ming tup koʻchat ekish rejalashtirilgani taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, hudud iqlimi nihoyatda issiq va qurgʻoq boʻlgani sababli daraxtlar va yashil maydonlar barpo etilishi kerakligi, daraxtzorlar koʻpaytirilishi natijasida atrof salqinlik va kislorod bilan taʼminlanishi va ekologiyani yaxshilashi xususida fikr yuritildi.

Taʼkidlanganidek, tumanimiz iqlim sharoitida shumtol, oddiy qayragʻoch, katalpa, oq akatsiya, dala zarangi, gledichiya, yapon saforasi kabi manzarali daraxtlar, behi, oʻrik, olma, nok, uzum, olcha, gilos kabi mevali daraxtlar yaxshi rivojlanadi. Shuningdek, oq va koʻk terak, jiyda, tol, tut daraxtlari, amorfa, biryuchina, suriya atirguli kabi butasimonlar, sharq biotasi, virgin archalari, qrim qaragʻayi va chinorlar ham hudud iqlimiga tezda moslashadi.

Tadbirda qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari shu kabi maʼlumotlar bilan birga koʻchatlarni parvarishlash boʻyicha ham tavsiyalar berib oʻtdilar. Tajribali bogʻbonlar koʻchatlarni oziqlantirib turish muhim ahamiyatga egaligini, oʻgʻitlar bahorda ildizlarning intensiv oʻsishidan oldin yoki kuzda yerning muzlamaydigan qatlamiga berilishi kerakligini, azotli oʻgʻitlarning oʻz vaqtida berilishi daraxtlarning iyun-iyul oylarida ham oʻsishini taʼminlashini, oʻsimliklarning jadal oʻsishi paytida fosforli va kaliyli oʻgʻitlar toʻyintirilishi kerakligi, bu daraxtlarning sovuqqa chidamliligini oshirishini tushuntirib, kerakli maslahatlarni berdilar.

Tadbir hududdagi 31-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotida davom ettirildi va maxsus ajratilgan hududga 100 tupga yaqin koʻchat ekildi. Tashrif buyurgan masʼullar tashkilot binosida kichkintoylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishib chiqdi.

Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari ovuldagi Oʻrozimbat Kamolov, Gulmirza Rajabov, Ozod Bovubekovlar xonadonlariga tashrif buyurishdi. Ushbu xonadonlarning tomorqa yerlaridan ajratilgan 2-3 sotix yerda tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda toʻqsonbosti ekinlaridan piyoz ekildi, yozgi ekinlardan boʻshagan yerlarga ekilgan sarimsoqpiyozning parvarishi bilan qiziqishdi. Bu boʻyicha ham tajriba almashilib, fikr-mulohazalar bildirildi, kerakli tavsiyalar berildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻchat ekish ishlari 33-sonli maktabda davom ettirilib, mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlari ekildi. Tadbir ishtirokchilari taʼlim maskanidagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tarqatilayotgan bepul nonushtalarni berish tartibi va sinflardagi davomat bilan ham tanishdilar.

 Shu kuni ovuldagi “Jumabekov Joʻllibay” fermer xoʻjaligida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlarini amalga oshirishga doir seminar oʻtkazildi. Ushbu seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov hamda sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, mutasaddi idora-tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yigʻini masʼullari qatnashishdi. Tadbirda fermer xoʻjalik hududidagi dalalar chetlariga mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlarini ekish bilan birga qishloq xoʻjaligi mutaxassislari tomonidan ularni parvarishlash boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng, fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida umumiy hisobot yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda 1-sektor hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari qatnashishdi. Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov olib borgan ushbu yigʻilishda fuqarolar yigʻinlari masʼullarining oʻtgan davr mobaynidagi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi. Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan ishlar, belgilangan vazifalar xususida soʻz yuritilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Toʻlqin ovulida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirlarda tumanning barcha hududlarida toʻqsonbosti ekinlarini yetishtirish koʻlamini kengaytirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlarini jadallik bilan amalga oshirish kabilarga chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriq va vazifalar berildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019