DAVLAT TILI – KUÇ-QUDRAT VA ILHOM MANBAI
Til – millatning maʼnaviy boyligi, mamlakat timsoli va qimmatbaho mulkidir. Davlat tilimizga bölgan eʼtibor bugungi kunda, balki tarixning barça davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Şu örinda Behbudiy bobomiz aytgan şu sözlarni eslatib ötaman: "Har bir millatning dunyoda borliğini körsatadurğon oynai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yöqotmak millat ruhini yöqotmakdir".
Sönggi yillarda Özbekistonda barça soha va tarmoqlardagi kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oşiriş borasidagi asosiy va amaliy işlar ham yangi bosqiçga kötarilmoqda. Xususan, bizning tumanimizda va 79-sonli maktabda bu borada bir qança işlar olib borilmoqda. Maktabimizda har yili 21-oktyabr – Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan katta tadbir ötkaziladi.
Undan taşqari, maktabda öquvçilarning savodxonligini, fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş maqsadida har haftalikda "Söz öyini", "Eng çiroyli husnixat egasi", "Men özbek tilida qança söz bilaman" kabi tanlovlar ötkazib boriladi. Eng faol qatnaşgan öquvçilar esa rağbatlantiriladi. Uşbu tanlovlar öquvçilarni tilimizni qadrlaşga örgatib borişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilgi öquv yili boşlanganidan şu paytga qadar "Qadring baland bölsin ona tilim!" şiori ostida "Söz öyini", "Harflar raqsga tuşganda", "Diktantlar tanlovi" musobaqalari ötkazildi. Bular orqali öquvçilar özbek tilining qançalar boy va sof til ekanligini anglab olişdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi metodik xizmat körsatiş bölimining özbek tili metodisti Ötkir Matmurodov ham biz fan öqituvçilariga yangi pedagogik texnologiyalarni qöllagan holda dars ötişni, turli metodlar, iş tajribalarini örgatib, mahoratimizni oşirişga kömaklaşib kelmoqda. Öz ustimizda işlab, dars maşğulotlarini yangiça uslublarni qöllagan holda ötiş böyiça zarur tavsiyalar, maslahatlar berib, yöl-yöriqlar körsatmoqda.
Ona tili millatning ruhi, borligimiz va birligimiz, davlat timsoli. Şu sababli har bir darsimizda öquvçi-yoşlarning milliy tilimizga bölgan eʼtiborini oşiriş bilan birga tilimizni qadrlaşga örgatib boriş bizning eng asosiy vazifamizdir. Xulosa örnida şu fikrlarimni keltirib ötmoqçiman: Tilimiz boy, tilimiz sof, gözaldir! Har bir sözi, gapi maqol, jumlasi masal va mataldir!
Laylo Rajabboyeva, 79-sonli maktabning ona tili va adabiyot öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶