17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 12:28
Jamiyat 👁 264

HOKIM YoRDAMChILARI TUMANIMIZ AHOLISINING YaQIN KOʻMAKChILARIGA AYLANMOQDA

HOKIM YoRDAMChILARI TUMANIMIZ AHOLISINING  YaQIN KOʻMAKChILARIGA AYLANMOQDA

Mamlakatimiz mahallalarida oʻtgan yildan hokim yordamchilari ish boshlagan edi. Bu tizim ahvoli ogʻir oilalarga manzilli koʻmak berish, ularni ishbilarmonlikka jalb qilish orqali kambagʻallikni qisqartirish va xalqimizning umumiy farovonligini taʼminlashga qaratilgani bilan katta ahamiyat kasb etib, oʻzining ijobiy samarasini bera boshladi.

Amudaryo tumanida ham barcha ovul va mahallalarda aholini oʻylantirayotgan va tashvishlantirayotgan muammolarga yechim topishga kirishgan hokim yordamchilarining saʼy-harakatlari natijasi koʻzga tashlanmoqda. Ularning xonadonma-xonadon yurib, har bir muammoga yechim topishga astoydil koʻmaklashayotgani, tashvishlariga yelka tutayotganidan aholi mamnun boʻlmoqda.

Tumanda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari tomonidan 2023-yil uchun rejaga muvofiq 37 216 ta xonadonlar xatlovdan oʻtkazildi. Xatlov davomida uyma-uy yurib suhbatlashilib, fuqarolarning oilaviy sharoitlari, muammolari oʻrganildi, xohish-istaklari, kelajak rejalari bilan qiziqib koʻrildi. Shunga koʻra, ovul va mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholining turmush darajasini yaxshilashga doir chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Endilikda ularni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu yil iyul oyida hokim yordamchilari tomonidan 999 nafar shaxsning bandligi taʼminlangan boʻlib, shundan 295 nafari doimiy, 318 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan boʻlsa, 386 nafari oʻzini-oʻzi band etgan. Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 792 nafar fuqaroga 11 mlrd. 57 mln. 325 ming soʻm miqdorida kredit ajratish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Hokim yordamchilari tomonidan tuman boʻyicha ehtiyojmand oila vakillariga bandligini taʼminlash maqsadida subsidiya ajratish boʻyicha ham xatlov ishlari oʻtkazildi. Bu yoʻnalishdagi ishlar 1-sektor hududidagi Beshtom va Uyshin mahallalarida,  2-sektor hududidagi Farovon mahallasida, 3-sektor hududidagi Durunki mahallasida, 4-sektor hududidagi Namuna mahallasida hokim yordamchilari tomonidan jadal olib borilmoqda. Shuningdek, qishloq xoʻjalik yerlarini ijaraga berish orqali aholining bandligini taʼminlash va oilasiga daromad kiritish boʻyicha olib borilgan tahlil natijasiga koʻra, 790,8 gektarga yaqin yer maydoni ajratilib, auktsionga qoʻyish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Bu boʻyicha ishlar Jumurovul mahallasi va Kuyukkoʻpir ovullaridagi hokim yordamchilari tomonidan boshqa hududlarga nisbatan yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.

Shu bilan birga hokim yordamchilari tomonidan joriy yil may oyida 428 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitildi. Ularning koʻmagida shu kungacha jami 311 ta tadbirkorlik subʼektlari yangidan tashkil etilgan boʻlib, shundan 159 nafari yakka tartibdagi, 152 nafari yuridik maqomdagi tadbirkorlar hisoblanadi.

Oʻz faoliyatlari davomida ushbu vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgan hokim yordamchilari tumanimiz aholisining hayotidagi tashvishlarini yengillatayotgan yaqin koʻmakchilarga aylanishga ulgurishdi. Ularning yordami bilan bandligi taʼminlangan, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyib daromad topayotgan, muammolariga yechim topayotgan amudaryoliklar ijobiy oʻzgarishlarni oʻz hayotlarida koʻrishmoqda.

Erkin Rajabov,

Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026