OʻZINI-OʻZI BAND QILGAN ShAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI
Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi.
Oʻzini-oʻzi band qilganlar – bu xizmatlar koʻrsatishda mustaqil ravishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok etadigan, mehnat daromadini olish uchun ish olib boruvchi shaxslardir. Bunda ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olinmaydi va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydi.
Bugungi kunda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati kengaytirilib, 80taga yetdi.
Oʻzini-oʻzi band qilgan fuqaro sifatida roʻyxatdan oʻtishni xohlovchilar buni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, yaʼni my.gov.uz, “Soliq” mobil ilovasidan foydalangan holda yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti my.soliq.uz orqali masofadan turib amalga oshirishi mumkin.
Roʻyxatga olish natijalariga koʻra, oʻzini-oʻzi band qilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Soliq toʻlovchilarning yagona reyestriga kiritiladi va foydalanuvchiga roʻyxatga olinganini tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR kod) yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.
Umida Saparbayeva
tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶