YoŞ IJODKORNING ILK KITOBI TAQDIMOTIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Amudaryo telekanali tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, kitobxonlikka jalb etiş, intellektual salohiyatini oşiriş maqsadida turli tanlovlar, kitoblar körgazmasi, yangi asarlar taqdimotlari ötkazilib borilmoqda. Loyiha rejasiga köra ötkazilayotgan bunday tadbirlar yoşlar maʼnaviy dunyosini boyitiş, kitob öqişga qiziqişlarini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uşbu grant loyihasi iş rejasiga muvofiq Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabida yoş ijodkor Maşhura Rajabovaning yaqinda naşrdan çiqqan “Könglim” deb nomlangan ilk şeʼriy töplami taqdimotiga bağişlangan tadbir taşkil etildi.
12-oktyabr kuni bölib ötgan uşbu tadbirda tahririyat xodimlari, maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Muyassar Rahmatullayeva, ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Mohira Sobirova, tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari hamda öquvçi-yoşlar qatnaşişdi.
Tadbirda maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Mohira Sobirova inson hayotida kitoblar va kitobxonlikning ahamiyati, tafakkur va dunyoqaraşni kengaytirişdagi örni haqida sözladi. Şuningdek, tahririyat xodimlari grant loyihasi doirasida ötkazilayotgan tadbirlar, turli tanlovlar, ularda iştirok etib ğolib bölayotgan, kitobxonlikka qiziqişi yanada ortayotgan yoşlar, yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida maʼlumotlar berişdi. Iqtidorli ijodkor Maşhura Rajabova hamda uning “Könglim” deb nomlangan ilk şeʼriy töplami bilan taniştirib ötişdi.
Maşhura Rajabova 2009-yilda Manğit şahrida tavallud topgan. U hozir tumandagi 82-sonli maktabning 9-sinfida öqiydi. Maşhura badiiy adabiyotga bolaligidan juda qiziqadi, köp badiiy kitoblar mutolaa qiladi. Uning uyidagi kitob javonidan özbek adiblarining turli janrlardagi asarlari, atoqli şoirlarning şeʼriy töplamlari bilan birga mumtoz va çet el adabiyotiga doir kitoblar örin olgan. Böş vaqtlarida şeʼrlar maşq qilib turadigan ijodkor qiz tumandagi “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatidagi tajribali jurnalistlarga öz ijod namunalarini körsatib, maslahat va tavsiyalarini tinglaydi. Har bir ijodiy işi ustida qayta va qayta işlab, mukammallaştirişga harakat qiladi.
Maşhuraning “Könglim” deb nomlangan ilk şeʼriy töplamidan Vatan, döstlik, tabiat, mehr-oqibat, ezgulik haqidagi qirqqa yaqin şeʼrlar joy olgan. Havaskor şoiraning ustozi, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist Robiya Yöldoşeva taʼrif berganidek, uning şeʼriy satrlarida jigarbandlik mehri, döstlikning qudrati, mehnatning uluğligi, va insonning qadr-qimmati haqidagi fikrlari aks etgan. Ijodi bilan tanişib boriş jarayonida könglidagi jöşqinlikni, samimiy tuyğular va kelajak haqidagi ulkan orzularini anglaş, his qiliş mumkin.
Yoş ijodkorning ilk şeʼriy töplami taqdimotiga bağişlangan tadbirda iştirok etgan öquvçi-yoşlar uning ijodiyotiga katta qiziqiş bildirib, adabiyot va şeʼriyat haqidagi turli savollariga javoblar olişdi. Adabiyotga qiziquvçi öquvçilar havaskor şoiraning şu paytga qadar öqigan kitoblari, asosan qaysi janrdagi adabiyotlarni köproq mutolaa qilişi va ijod namunalari haqida suhbatlaşişdi.
Tadbir yakunida Maşhura Rajabova Ixtisoslaştirilgan maktab kutubxonasi va tuman Axborot kutubxona markaziga özi kabi yoşlarni ham şeʼriyati bilan taniştiriş maqsadida “Könglim” deb nomlangan kitobçasini sovğa qildi. Bölib ötgan tadbirdan katta taassurotlar olgan yoşlar va maktab maʼmuriyati ham barçasi uçun minnatdorçilik bildirişdi.
Amudaryo telekanali tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoş ijodkor Maşhura Rajabovaning “Könglim” deb nomlangan ilk şeʼriy töplami taqdimotiga bağişlab ötkazilgan uşbu tadbir barçaga birdek manzur böldi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶