Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspektsiyasi rahbariyatining sayyor qabuli ötkazildi
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga kötarilgan. Bugun barça davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan işlaş böyiça sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda ötayotgan sayyor qabullar aholining muammolarini hal etişda, şak-şubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak.
Şu sababli ham bugungi kunda yurtimizda xalq bilan faol va oçiq muloqot olib boriş, avvalo insonning huquq hamda manfaatlarini taʼminlaş orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot keçirişi uçun köplab saʼy-harakatlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Respublikamiz böylab ötkazilayotgan sayyor qabullar jarayonida aholining muammolari örganilib, köplab muammolar ijobiy hal etilişiga erişilmoqda.
Joriy yilning 12-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Olmazor mahallasi hududida joylaşgan 82-sonli maktab binosida Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspektsiyasi rahbariyatining jismoniy va yuridik şaxslarning bugungi kundagi sohaga oid muammolarini örganiş va ularni bartaraf etiş maqsadida navbatdagi sayyor qabuli ötkazildi.
Sayyor qabulda Axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanişda isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş, sohadagi muammolar va ularni bartaraf etiş olib borilayotgan işlar töğrisida söz yuritildi.
Şuningdek tuman aholisiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida telekommunikatsiya stantsiyalar soni 6taga, optik liniyali terminal uskunalari soni 10taga hamda ularning umumiy siğimi 18,3 ming raqamga yetkazilganligi qayd etildi.
Şu yönalişda olib borilgan işlar natijasida yil boşidan 274,7 kilometr masofada optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 1 ming 249 kilometrga, keng polosali portlar soni 6 ming 280taga oşirilib, ularning umumiy siğimi 15 mingtaga yetkazildi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş bilan bir qatorda tumanda 240ta ijtimoiy soha obʼektlarida internet xizmatlariga ulaniş imkoniyati yaratildi. Jumladan, Xalq taʼlimi bölimlarida 88ta, maktabgaça taʼlim taşkilotlarida 51ta, tibbiyot muassasalarida 15ta, mahalla va ovul binolari uçun 49ta hamda profilaktika inspektorlarining xizmat xonalariga 37ta optik tolali aloqa liniyalari örnatildi.
Şuni taʼkidlaş joizki, tumanda mobil aloqa qamrovini kengaytiriş hamda sifatini yaxşilaş maqsadida 11ta yangi va 18ta tayanç stantsiyalar keng polosali texnologiyalarga modernizatsiya qilindi.
Sayyor qabul iştirokçilardan kelib tuşgan murojaatlarning aksariyatiga qabul davomida masʼul rahbar va xodimlar tomonidan huquqiy maʼlumot berildi, qolgan murojaatlarni örnatilgan tartibda örganib çiqib, ijobiy hal qiliş uçun nazoratga olindi.
Şu bilan birga, “Özkomnazorat” taşkilotining uzluksiz işlaydigan 1144 raqamli işonç telefoni hamda telegramdagi “Aloqa nazorat” guruhi orqali ham murojaat yöllaş imkoniyatlari yaratilganligi haqida aytib ötdi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶