FHDYo ORGANLARIDA ISh YuRITISh TARTIBIGA OʻZGARTIRISh KIRITILDI
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo boʻlishiga sabab boʻlib xizmat qiluvchi hujjat berish uchun asos boʻladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDYo organi tomonidan berilgan guvohnoma va koʻrsatilgan faktning toʻgʻriligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.
Amudaryo tumani FHDYo boʻlimida fuqarolarga malakali yuridik xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Boʻlim tomonidan 2022-yil davomida 5258ta tugʻilganlik qayd etildi. Yolgʻiz onalar tomonidan berilgan arizaga asosan 59ta tugʻilganlik roʻyxatga olindi.
Hozirgi paytda tugʻilganlik holati FHDYo boʻlimlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan maʼlumotnoma berilmoqda. Ushbu maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taʼqiqlanadi. Tibbiyot muassasasi bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi barcha maʼlumotlarni elektron tibbiy maʼlumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo boʻlimiga “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan, perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.
Tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnoma esa fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yigʻimi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.
B.Sobirov,
tuman FHDYo boʻlimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶