Jayxun ilhomlari
Qutlov
Barkamol avlodni tarbiyalaşda,
Ustoz, murabbiylar xizmati buyuk.
Beminnat ilm nurin yoyganlari-çun,
Doimo eʼzozda, elimda suyuk.
Vatan kelajagi yoşlar qölida,
Yoşlarga tarbiya berar ustozlar.
Jamiyat ravnaqi uçun kuraşda,
Oldingi saflarda bölar ustozlar.
Işi igna bilan quduq qazgandek,
Ustozlarni qança şaraflasak kam.
Avvalo ustozning saboğin olgan,
Oliy martabali ulamolar ham.
Bugun öqituvçi, murabbiy kuni,
Tabriklay, men sizni aziz ustozlar.
Köring mehnatingiz samarasini,
Sizga ehtiromim, qilgum dil rozlar.
Barçalaringizga soğlik tilayman,
Metindek iroda, sabr-qanoat.
Qilgan ezgu işlar xayrli bölib,
Keltirsin, sizlarga obrö-barokat.
Xalqimiz bejizga uluğlamagan,
Ota bilan teng deyişar ustozni.
Uluğ bayramingiz bayramdek ötsin,
Yallalar aytilsin, çaling şöx sozni.
Bekbergan TleumuraDov,
Qipçoq ovuli.
Samimiy ayol
(Ustozim Robiya Yöldoşevaga)
Kulib qarab turar har bir insonga,
Samimiy ayollar qalbdan sözlaydi.
Suhbatdoş bölganni etar baxtiyor,
Bilmayman, buni u qanday eplaydi.
Qani edi köp bölsa şunday ayollar,
Bir borsam, yonidan ketgim kelmaydi.
Hattoki, ilk bora körib tursa ham,
«Aziz bolajonim, baxtli böl», deydi.
Unga begonadir loqaydlik har dam,
Olamni yaxşilik bilan bezaydi.
Yuragiga siğar Özbekiston ham,
Elning bolasini «bolamsan», deydi.
Qalbidan öçmaydi ezgulik, tilak,
U borki, böladi yuksak parvozim.
Hammaga qadrli, hammaga kerak,
Elim, deb yaşaydi mening ustozim.
Barno Samandarova.
Ustozga
Öqiş orzusi dilda,
Maktabimga boraman.
Ustozim kömagida
Ilm-hunar olaman.
Darsga kirar ustozlar,
Qalb töla ilm nuri.
Bizga tilab parvozlar,
Baxş etar yurak qörin.
Ammo tanbal, dangasa,
Bolalar yolğon sözlar.
Bir kun darsga kelsa,
Bir kun ustozni aldar.
Birining boşi oğrir,
Biri töqir bahona.
Bariga parvonadir,
Mehribon Ustoz yana.
M.YaXŞIMURODOVA,
22-maktab öquvçisi.
Muallimim
Menga aziz onadek,
Yagonamsiz ustozim.
Bilmaganim bildirib,
Qölladingiz parvozim.
Qölimga qalam tutib,
Yozişni örgatdingiz.
Böldingiz misli oftob,
Öqişni örgatdingiz..
Bonu Rahmatullayeva, 84-maktab öquvçisi.
Ustozim
Baxtiyorman, men doimo şod,
Yaşayapman obod ölkada.
Bobolarim nomin etib yod,
Istiqbolning nurli davrida.
Bu hayotdan olib men taʼlim,
Yozganlarim barçaga maʼlum.
Hayotimda eng zör muallim,
Tursun otam bergan zör taʼlim.
Sinovlarni yengib bir kuni,
Minbarlarda nutqlar sözlasam.
Quvonçimdan entikib bir zum,
Ulkan marralarni közlasam.
Orzuimdir – jurnalist bölsam,
Barça ezgu işlarni qilsam.
Orzularim – ota-onamni
Albat, bir kun Hajga yuborsam.
Sevinçoy Umrboyeva,
85-sonli maktab öquvçisi.
Sinfda bölgan voqea
Bir kuni Bahodir,
Sinfga kirdi.
Undan söng Tohir,
Ohista keldi.
Tohir şumtaka,
Şumlik öyladi.
U örgimçakka,
Qarab imladi.
“Tutgin, Bahodir,
Qizlar qörqadi”.
“Qöysang-çi Tohir”,
Dedi Bahodir.
Tohir könmadi,
“Qörqoqsan”, deya.
Qöliga oldi,
Ipni iljaya.
Eşikka asta
Osdi örgimçak.
Bilar, albatta,
Qizlar qörqajak.
Kelgan barça qiz,
Zirillab qoçdi.
Tohir öşa kez,
Uyalib qoldi.
Şahzoda Jölliboyeva,
Nazarxon ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶