ÖQUV MARKAZIDA XOTIN-QIZLAR TIKUVÇILIK VA KASANAÇILIKNI ÖRGANIŞMOQDA
Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularni kasb-hunarga yönaltiriş, tadbirkorlikka keng jalb etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, manzilli daftarlarga kiritilgan, işsiz ayol-qizlarning bandligini taʼminlaş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişga kömaklaşiş borasida qator amaliy işlar bajarilmoqda.
Amudaryo tumanida ham işsiz, kam taʼminlangan, ehtiyojmand xotin-qizlarga kasb-hunar örgatiş va ularni tadbirkorlikka yönaltiriş orqali bandligini taʼminlaş maqsadida Navoiy nomli mahalla hududidagi sobiq Bandlikka kömaklaşiş markazi binosidan xona ajratilib, öquv markazi taşkil etildi va zaruriy jihozlari bilan taʼminlandi.
Mazkur öquv markazida bandligi taʼminlanmagan xotin-qizlar uçun qisqa muddatli bepul öquv kurslari taşkil etilgan. Tikuvçilik hamda kasanaçilik yönalişida xotin-qizlarga hunar örgatiş yölga qöyilgan. Markazda hunar örganiş uçun taşrif buyurgan xotin-qizlarga “Tamara TEXTILE” tikuvçilik korxonasi rahbari, tadbirkor Tamara Yusupova tikiş-biçiş işlarini, tadbirkor Raʼno Murodova esa dekorativ buyumlar, gullar yasaşni örgatmoqda.
Ayni paytda markazda hunar örganayotgan ayol-qizlarga yetarli şaroitlar yaratilgan xonalarda maşğulotlar ötkazilmoqda. Ularga ayollar va erkaklar, bolalar kiyimlarini biçiş, mavsumiy kiyimlarni tikiş, mato tanlaş, çokni mustahkamlab tikiş kabilar böyiça yöl-yöriqlar berilib, tuşunçalari mustahkamlanadi. Bezak yasaşga qiziquvçi ayol-qizlarga ham gulqoğoz tanlaş, ranglardan, böyoqlardan foydalaniş, gulbargçalar tayyorlaş kabilar örgatiladi. Öquv kursi yakunida tinglovçilarga masus sertifikatlar beriladi va kelgusida öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişlarida amaliy yordam körsatiladi.
Taʼkidlaş joizki, uşbu öquv markazi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentyabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oşiriş va salomatligini mustahkamlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida taşkil etildi. Prezident Qaroriga köra taşkil etilgan uşbu markazga tuman Oila va xotin-qizlar bölimi tomonidan işsiz, ayniqsa, qişloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda ötirib qolgan ehtiyojmand ayollar, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni jalb etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şuningdek, bunday ayollarning bandligini taʼminlaş maqsadida ovul va mahallalarda tikuvçilik, qandolatçilik, pazandaçilik kabi yönalişlarda tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişlariga yaqindan kömaklaşilmoqda.
Uşbu markaz faoliyatining asosiy maqsadi işsiz va band bölmagan aholini hududiy hamda mintaqaviy mehnat bozorida talab yuqori bölgan zamonaviy kasblarga öqitişdan iborat. Ötgan davr mobaynida öquv markazida 83 nafar xotin-qizlar tikuvçilik yönalişida kasb-hunar örganib, sertifikatlarga ega bölişdi. Hozirgi paytda şundan 10 nafari öz uyida tikuvçilik tsexini taşkil etdi. Şuningdek, köplab ayol-qizlar dekorativ buyumlar va turli gullar, savatlar, çiroqlar yasaşni örganişdi va elimizning töy-bazmlarida xonadonlarini bezaklar bilan bezab, xizmat körsatişni yölga qöyişdi.
Kelgusida uşbu öquv markazida boşqa yönalişlar böyiça ham öquv kurslarini taşkil etiş rejalaştirilgan bölib, ularga çekka hududlardagi ayol-qizlarni köproq jalb etiş maqsad qilingan. Bu kabi amaliy işlar tumanda ayol-qizlarning hunar örganişlarida, öz-özini iş bilan band qilişi, şu hunarlari orqali doimiy daromadga ega bölişlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶