Manzilli qöllab-quvvatlaş daftarlariga kiritilgan xotin-qizlarga böş iş örinlari haqida maʼlumot berildi
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Beş taşabbus – beş imkoniyat!” nomli grant loyihasi doirasida tuman aholisining maʼnaviyatini yuksaltiriş, isteʼdodli yoşlarni yuzaga çiqariş, ommaga taniştiriş, yoşlarni turli zararli illatlardan işonçli himoya qiliş borasida keng kölamli işlarni amalga oşirib kelmoqda. Bunda ayniqsa manzilli qöllab-quvvatlaş daftarlariga kiritilgan yoşlarni, maktab öquvçilarini, ayollarni loyiha doirasidagi tadbirlarga keng jalb qilişga eʼtibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Beş muhim taşabbusni yoşlar hayotiga yanada kengroq tatbiq qiliş maqsadida maktablarda kompyuter texnologiyasi böyiça oçiq darslar, inşolar tanlovlari, sport tadbirlari, “Kitoblar karvoni” aktsiyalari ötkazilib, öquvçilar iştirokida tarixiy joylarga sayohatlar uyuştirilmoqda.
Beşinçi taşabbus doirasida manzilli qöllab-quvvatlaş daftarlariga kiritilgan xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaşga kömaklaşiş maqsadida ularning Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi hamda vakant iş örni mavjud bölgan muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari bilan uçraşuvlarni taşkil qilinmoqda. Grant loyihasi doirasida Beruniy nomli mahalla aholisi bilan ötkazilgan uçraşuv ham şular jumlasidandir.
Uçraşuvni mahalla fuqarolar yiğini xotin-qizlar faoli Mahfuza Ibrohimova kiriş sözi bilan oçdi. Hozirgi kunda tuman böyiça 5365 nafar ayol-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan bölsa, ularning 70-80 foiziga har tomonlama yordamlar körsatilgan. Beruniy nomli mahalla fuqarolar yiğinida esa 110 nafar ayol-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan bölib ularning 95 foiziga ijtimoiy-yordamlar körsatilgan. Ularning köpçiligiga işsizlik nafaqasi tayinlangan. 5 nafar ayolning uy ijara haqi tölab berilgan. Köpçilik ayol-qizlarga bir martalik yordam körsatilgan. Ayol-qizlarning iş bilan bandligini taʼminlaş maqsadida tikuvçilik, konditer mahsulotlari işlab çiqarişga jalb qilingan. Kompyuter savodxonligi, mono markaz taşkil qilingan.
Uçraşuvda “Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbiri Ozoda Xudoyberganova tumanimizda ayol-qizlarga nisbatan körsatilayotgan katta eʼtibor haqida gapirdi. “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimov bu yönalişda xizmat qiluvçi taşkilotlar tomonidan olib borilayotgan işlarga alohida töxtalib ötdi.
Tuman kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş markazi mutaxassislari Şaxnoza Yusupova, Mohira Ozodboyevalar esa tumanda ayol-qizlar bandligini taʼminlaş borasida olib borilayotgan işlar haqida axborot berib, uçraşuv iştirokçilarining savollariga javob berdilar.
Uçraşuv qatnaşuvçilari tumanimizda hozirgi kunda kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş borasida amalga oşirilayotgan işlardan boxabar bölib, kelgusida özlariga mos iş örinlariga joylaşiş böyiça masʼullardan maslahatlar oldilar.
Örozali REYIMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶