14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:01
Salomatlik 👁 256

OVUL YoShLARIGA MASLAKDOSh ONAXON

OVUL YoShLARIGA MASLAKDOSh ONAXON

Keksalikni inson umrining donishmand fasli deyishadi. Turmushning achchiq-chuchugini koʻrgan, yaxshilik va yomonlikni, oq va qorani ajrata oladigan, odillik va toʻgʻrisoʻzlik tarafdori, katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan bobojonlar oʻgitlari, buvijonlar pand-nasihatlari bilan yoshlarga oʻz yoʻllarini topishida koʻmaklashadi. Oilalar farishtasi, unda oʻz oʻrniga ega boʻlgan keksalarimiz yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalovchi beminnat tarbiyachilardir. Shu sababdan ham nafaqat, har bir xonadon, balki butun yurtga fayz baxsh etib kelayotgan piru-badavlat otaxon va onaxonlar elimizda doim eʼzoz va ehtiromda.

Amudaryo tumanidagi ommaviy axborot vositalaridan biri boʻlgan amunews.uz veb-sayti tahririyatining Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi ish rejasiga koʻra ana shunday elda qadrli, yoshlar tarbiyasiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan keksalarni ibrat qilib koʻrsatish maqsadida Toʻlqin ovuliga tashrif buyurdik.

Ovulda yurt fayziga aylangan, jamiyat hayotida faol ishtirok etib, yoshlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatib kelayotgan nuroniylar koʻpchilikni tashkil qilar ekan. Fuqarolar yigʻini masʼullari doim ovulning piru-badavlatlari bilan bamaslahat holda ish olib borishgani tufayli hududda tinchlik-osoyishtalik hukmron. Oilalarda oʻzaro kelishmovchilik, ajrim, yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarlik holatlarining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ham hamkorlikda amalga oshirilgani sababli samarali natijalarga erishilmoqda.

40-yildan ziyod davr mobaynida taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilib, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga oʻz hissasini qoʻshgan, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan onaxon Hanifa Yaxshimova ham oʻzi nafaqada boʻlishiga qaramasdan, bu boradagi ishlarda fuqarolar yigʻini masʼullariga yaqin maslakdosh boʻlib kelmoqda. U “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyiliga koʻra hududdagi yoshlar tarbiyasiga masʼul qilib biriktirilgan. Onaxon yoshlarni milliyligimizni saqlagan holda kiyinish madaniyati, yurish-turish, odob-axloqqa oʻrgatish, oʻqish, hunar oʻrganishiga qiziqishlarini oshirish, jamiyatimizga, qolaversa oilasiga namunali farzandlar boʻlib tarbiyalanishiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Toʻlqin ovulida tugʻilib voyaga yetgan Hanifa Yaxshimova oilada opalari kabi oʻqituvchilik kasbiga qiziqdi va QDUning biologiya fakultetini tugatib, ovuldagi 33-sonli maktabda ish boshladi. U shu maktab direktori boʻlgan Jongil Ernazarova xonadoniga kelin boʻlib tushdi. Yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish bilan birga oilada turmush oʻrtogʻi Baxtiyor Jumabekov bilan 4 nafar farzandni ham oʻqimishli, tarbiyali insonlar qilib voyaga yetkazdi. Hozir nevaralar qurshovida nafaqa gashtini surayotgan onaxonning boy hayotiy tajribasidan ovuldagi muammoli yoshlarni tugri yulga solishda unumli foydalanilmoqda.

Onaxon yoshlar yetakchisi Fozilbek Qurbonboyev bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan muntazam suhbatlashib, ularning jamiyat uchun foydali insonlar boʻlib yetishishlariga koʻmaklashmoqda. Hududdagi tarbiyasi ogʻir, maktabda mashgʻulotlarga oʻz vaqtida kelmasdan koʻp dars qoldiradigan yoshlarning oʻzlari va ota-onalari bilan suhbatlar oʻtkazilib, sport toʻgaraklariga jalb etildi. Hozirda ular “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining hududiy va tuman bosqichlarida faol qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallab kelishmoqda.

Turli oilaviy muammolar girdobida qolgan shu qishloqlik yana bir yosh voyaga yetmasdan turib oʻgʻirlikka qoʻl urgani sababli muntazam nazoratda edi. Unga ham oʻz vaqtida oʻgit-nasihatlar berilib, toʻgʻri yoʻl koʻrsatildi va sport toʻgaraklariga jalb etildi. Ovuldagi oilalardan birida yashovchi yana bir qiz hayotida ham u bilan xonadoniga borib oʻtkazilgan suhbatlar, berilgan nasihatlar muhim ahamiyat kasb etdi. U tikuvchilik hunariga qiziqishini bildirgani sababli, ovuldagi chevarlarga biriktirildi va boʻsh vaqtlarida ushbu hunarni oʻrganishni boshladi.

Shuningdek, muntazam ravishda dars qoldiradigan, boʻsh vaqtlarini bekor oʻtkazadigan ovuldagi yana koʻplab yoshlar roʻyxat qilinib, shu boʻyicha barchasi bilan suhbatlashildi va sport toʻgaraklari, hunar oʻrganish kabilarga jalb etildi.

Ovuldagi nuroniylar ishtirokida yoshlar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar, tumanimizdagi muzey va Chilpiq qalʼasiga sayohatlar tashkil etilib borilmoqda. Boʻsh vaqtlari mazmunli tashkil etilayotgan yoshlarning dunyoqarashi kengayib, kasb-hunarga, bilim olishga yanada qiziqishlari ortmoqda, qalblaridagi yurt taqdiriga daxldorlik hislari mustahkamlanmoqda.

Keksalar bor uyda tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlarda fayzu-baraka, qilinayotgan ishlarda rivoj va samara boʻladi. Nuroniylik yoshiga yetganida ham tinib-tinchimasdan oʻzlarining ezgu duolari, dono oʻgitlari, boy tajribalari bilan hayot yoʻllarida yoshlarga qanot va sabot bagʻishlab kelayotgan Hanifa Yaxshimova kabi onaxonlar, piru-badavlat otaxonlar xonadonlarimiz, hayotimizning fayzi va farishtalari doim omon boʻlishsin. Zero, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, biz erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar, turmushimizdagi farovonlik shu nuroniylarimizning ezgu tilaklari, duolari ijobatidir.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019