SEVIMLI USTOZ, FIDOYI ÖQITUVÇI
Öqituvçilik – şarafli, ammo mehnati maşaqqatli va masʼuliyatli kasbdir. Bu kasbni egallaş uçun eng avvalo çuqur bilimga, katta mahoratga ega böliş bilan birga bolalarni seviş, zamon talablariga mos ravişda dunyoqaraşni rivojlantirib boriş kerak. Ana şunday fidoyi insongina ustoz bölib, yoş avlodni bilimlar dunyosi sari yetaklay oladi.
Inomjonning ham hali kiçikligidan şu kasbga havasi baland böldi. Özi taʼlim olgan Oq oltin ovulidagi 41-sonli maktabda boşlanğiç sinf paytlaridanoq, bilim olişga juda qiziqdi. Ziyrak va zukko bu öquvçini öqituvçilar ham juda yaxşi körişar, qiziqib söragan har bir savoliga töliq javob berişga harakat qilişardi. U ulğaygani sari har bir fanni çuqurroq örganişga, ilm olişga intilardi. Ayniqsa, tarix darsini juda yaxşi körar, ustozining millat, yurt, xalq ötmişi haqidagi maʼruzalarini katta qiziqiş bilan tinglardi. Uning eng birinçi ustozi – otasi, şu maktabning tarix fani öqituvçisi rahmatli Komil aka Hasanov edi. Ulğaygani sari yurtimiz va jahon tarixini örganişga bölgan iştiyoqi ortib bordi va taʼlim dargohini tugatib, otasi kabi tarix fani öqituvçisi bölişga ahd qildi.
Inomjon Tursunboyev 2011-yilda Nukus davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga öqişga kirib, davlat granti asosida taʼlim oldi. U oliygohda öqiş davrida ham eng iqtidorli talaba sifatida tanildi. 2015-yilda uşbu fakultetning “Tarix öqitiş metodikasi” bölimini tamomladi va şu yili institut qoşida Amudaryo tumanida taşkil qilingan 3-sonli akademik litseyda iş boşladi. Ikki yil davomidagi iş faoliyatida litseydagi öquvçi-yoşlarga yurtimiz va jahon tarixini astoydil örgatib, intiluvçanligi, tirişqoqligi, yangiliklar yaratişga iştiyoqi balandligi, öz kasbining haqiqiy fidoyisi ekanligini körsata bildi. U 2016-yilda Xalq Demokratik Partiyasi tuman Kengaşi tomonidan taşkil etilgan “Yoş siyosatçi-2016” körik-tanlovida qatnaşib, tumanda 1-, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 3-örinni egalladi. Bilimli öqituvçidan taʼlim olgan litsey yoşlari nufuzli oliygohlar talabalari bölişdi va bu bilan taʼlim maskanining özlaştiriş körsatkiçlari ortişiga uning ham hissasi qöşildi.
Inomjon 2017-yildan öz ovulidagi 41-sonli maktabga tarix fani öqituvçisi bölib işga keldi. Bilimdon va işga çanqoq mutaxassisni maktabda ustozlar ham, öquvçilar ham bajonidil qabul qilişdi. U dastlabki kunlardanoq, dars jarayonlarida interfaol metodlardan, multimediyalardan foydalanib, öquvçilarning diqqat-eʼtiborini, qiziqişini jalb qila boşladi. Şu bilan birga jamoat işlari, turli körik-tanlovlarda ham faol iştirok etib, öz iqtidorini körsatişga harakat qildi.
U şogirdlaridan Gulnoz Gulmirzayeva 2017-yilda Fanlar olimpiadasida tarix fanidan qatnaşib, tumanda 1-örinni egallaganida bundan juda xursand böldi. Şu yili Gulnoz iqtidorli öquvçilar örtasidagi “Innovatsion olimpiada”da ham iştirok etib, tumanda 1-örinni egalladi va Qoraqalpoğiston respublika bosqiçida ham muvaffaqiyatli iştirok etdi. Şundan söng, 2018-yilda Bilimlar bellaşuvining tuman boqiçida qatnaşgan 7-sinf öquvçisi Nodirbek Bozorboyev ğolib bölişga erişdi. 2017-2018 öquv yilida Inomjon maktabda taşkil qilgan tögarak aʼzolari, 10-11-sinf öquvçilari Özbekiston Respublikasi Madaniyat va maʼrifat markazi tomonidan taşkil etilgan “Yuksak maʼnaviyatli avlod” körik-tanlovining “Prezident asarlari bilimdoni” yönalişida tuman va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 1-örinni egallaşdi. Ketma-ket yutuqlarga erişayotgan yoş öqituvçi haqida “Jayhun ilhomlari” NNT tomonidan çop etilgan “Amudaryo yoşlari” nomli risolada “Orzulari uşalgan yigit” mavzusidagi maqola çop etildi.
Nafaqat maktabda, balki butun tumanda bilimdon ustoz, mohir pedagog sifatida tanila boşlagan Inomjonning öquvçilari 2018-2019 öquv yilida ham tarix fanidan Fanlar olimpiadasining maktab, tuman bosqiçlarida 1-örinni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida muvaffaqiyatli qatnaşişdi. Şuningdek, 2020-2021 öquv yilida şogirdlari “Qoraözak oçiq olimpiadasi”da qatnaşib, tumanda 1-örinni va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli örinni egallaşdi. 2020-2021 öquv yilidagi Fanlar olimpiadasida ham öquvçilari Şoida Nurullayeva va Iroda Safarboyevalar tumanda 1-,2-örinlarni egallab, Qoraqalpoğiston bosqiçida ham yuqori ball töplaşdi. Keyingi 2021-2022 öquv yilida bölib ötgan Fanlar olimpiadasida öquvçilari Iroda Safarboyeva va Şahzoda Çorşamovalar tumanda 1-,2-örinlarni egallab, Qoraqalpoğiston bosqiçida ham faol qatnaşişdi. Ötgan 2022-2023 öquv yilida esa öquvçisi Şahzoda Çorşamova Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida 1-örinni egallab, Qoraqalpoğiston bosqiçida yuqori ball töpladi.
Bilimdon tarix öqituvçisi Inomjon Tursunboyev 2017-2018 öquv yilida “Yilning eng yaxşi fan öqituvçisi” körik-tanlovida qatnaşib, tuman, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlarida faxrli 1-örinni egallab, Özbekiston Respublikasi bosqiçida muvaffaqiyatli qatnaşdi. Şundan keyin u “Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlosi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Ovul yoşlarining sevimli ustozi 2020-2021 öquv yilida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati miqyosida ötkazilgan “Iqtidorli öqituvçilar II olimpiadasi”da tuman jamoasi tarkibida qatnaşgan bölsa, jamoa faxrli 1-örinni egalladi. U 2022-yilda tarix fanidan öqituvçilar attestatsiyasida 94 ball töplab, oliy toifali öqituvçi böldi. Şuningdek, 2023-yilning mart oyida Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri tomonidan joriy qilingan va 9 oy davomida tölanadigan 5,5 mln. sömlik Maktabgaça va maktab taʼlim vaziri ustamasining test va suhbat jarayonlaridan muvaffaqiyatli ötib, mazkur ustamaga loyiq deb topildi. Inomjon şu yil may oyida umumtaʼlim fanlardan joriy qilingan Milliy sertifikat testida ham muvaffaqiyatli qatnaşdi va tarix fanidan 3-yil davomida 20 foiz ustama oliş huquqiga ega böldi.
Ustozlarning har bir saboği şu aziz Vatanni, muqaddas tuproqni, ota-onani sevişga, qadrlaşga örgatadi, ular oldidagi burçni bajarişga, masʼullikka undaydi. Hali yoş bölişiga qaramasdan şunça yutuqlarni qölga kiritgan fidoyi öqituvçi Inomjon Tursunboyev ham yoş avlodni eng avvalo şu yurtga, uning buyuk kelajagiga munosib vorislar qilib tarbiyalaşga harakat qilmoqda. Işonamizki, undan ilm örganayotgan yoşlar va bugun nufuzli oliygohlarda taʼlim olayotgan şogirdlari özi kabi kasbining mohir ustasi bölib yetişadi va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşişadi.
Fursatdan foydalanib, jonkuyar öqituvçi Inomjon Tursunboyev va 41-sonli maktab jamoasini, yurtimizdagi barça ustozlarni 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan çin qalbimizdan tabriklab, xayrli va maşaqqatli işlarida omad hamda zafarlar yor bölişini tilab qolamiz!
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶