BOLAJONLARNING SEVIMLI MASKANI
Ilmiy izlanişlarda aniqlanişiça, inson umri davomida oladigan barça maʼlumotlarining yarmidan ortiğini beş yoşigaça bölgan davrida olar ekan.
Beş yoşgaça bölgan bola dunyoni taniydi, öz ona tilida muloqot qila oladi, öz oilasi, ota-onasi, yaqinlari, qöni-qöşnilariga nisbatan könglida beğubor mehr-muhabbat şakllanadi. Uning qanday inson bölib voyaga yetişi avvalo oila va qolaversa, uzluksiz tizimining ilk poğonasi bölgan maktabgaça taʼlim taşkiloti taʼlim-tarbiyasiga köp jihatdan boğliq.
Mamlakatimizda maktabgaça taʼlim tizimini rivojlantiriş, bolalarning maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrovini oşiriş, tizimda faoliyat yuritayotgan muassasalarda bolajonlarning zamon talablari asosida taʼlim-tarbiya olib, yayrab-quvnab ulğayişlari uçun barça şaroitlar yaratilmoqda, sohadagi taşkilotlar zamonaviy talablarga javob beradigan binolar inventar, uskunalar, öquv-metodik qöllanmalar bilan taʼminlanmoqda.
Jumurtov şaharçasida yakka tadbirkor Sanobar Safarboyeva taşkil etgan oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti öz faoliyatini boşlaganiga endigina ikki yilgina vaqt böldi. Hududning 25 nafar bolajonlarini bağriga olgan, çor-atrofi mevali, manzarali daraxtlar, gullar bilan öralgan bu xuşmanzara va bahavo maskan kiçkintoylarga juda yoqib qoldi.
Asli özi juda bolajon, maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi yönalişi böyiça imtiyozli diplom sohibasi bölgan Sanobar Safarboyeva uzoq yillar özining beş nafar qizi, kenjatoy öğli tarbiyasi bilan şuğullandi. Beş qizni öqitib, voyaga yetkazib, ikkovini uyli-joyli qilib bölgaç, öz sevgan sohasi böyiça işlaşni istadi. Aksiga u yaşaydigan şaharçada maktabgaça taʼlim taşkiloti umuman yöq bölganligi uçun oila aʼzolari bilan kengaşib, böş turgan özlarining sakkiz xonali turarjoy binosida oilaviy maktabgaça taʼlim taşkiloti taşkil etişga qaror qildi. Hujjatlaştiriş işlari bitguniça qabul qilinadigan kiçkintoylar röyxati ham şakllandi. Taşkilot aslida 25 nafar bolajonlarni qabul qilişga möjallangan bölsa-da, hududda “mening farzandimni ham oling” deyotgan ota-onalar köpçilik. Qamrab olingan bolajonlar esa har kuni bu maskanga talpinib, intiqib keladilar.
Sanobar Safarboyeva uşbu taşkilot faoliyatini yölga qöyiş bilan özidan taşqari 4 nafar yoşlarni iş bilan taʼminladi.
Taşkilot faoliyat yuritayotgan ulkan hovlida bolalar maydonçasi, yaşilhudud, oşxona, dam oliş va ovqatlaniş xonalari, yotoqxona, maşğulotlar xonalari mavjud. Boğçada bolajonlar ertalab çiniqiş maşğulotlarini ötagaç, xuş kayfiyatda nonuştaga ötirişadi. Dars maşğulotlari, didaktik öyinlarda ham kiçkintoylar biri-biridan qolişmaslikka, bilağon, çaqqonligini körsatişga harakat qilişadi. Hovli tomorqasida yetiştirilgan sabzavotlardan tayyorlanadigan xuştaʼm taomlar bolalarga manzur bölayotir, uzum, olmalar yangi uzilib, dasturxonga tortiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti taşkil etilgani hududdagi işlaydigan ayollarga juda qöl keldi. Boisi, farzandlari boğçada, ulardan onalarning köngli töq. Taşkilot xodimlari esa bolajonlarning yayrab ösib-ulğayotganidan, bunda özlarining ham hissasi borligidan xursand. Biz mana şunday fidoyi, öz kasbiga mehr qöyib, tarbiyalanuvçilarga farzandidek mehr va eʼtibor körsatib, voyaga yetkazayotgan, taʼlim va tarbiya berayotgan tarbiyaçilarni, öqituvçilarni, maktabgaça taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir ustoz va murabbiyni 1-oktyabr – kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz! Öqituvçi va murabbiylar kuni muborak bölsin, aziz ustozlar!
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶