“BEŞ MUHIM TAŞABBUS – YoŞLARGA QANOT” NOMLI GRANT LOYIHASI DOIRASIDA OÇIQ DARS MAŞĞULOTLARI ÖTKAZILDI
“Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Beş muhim taşabbus – yoşlarga qanot” nomli grant loyihasi doirasida yoşlar beşta taşabbus doirasidagi tadbirlarga jalb etilib kelinmoqda. Uşbu grant loyihasi rejasiga köra, loyiha ijroçisi Ozoda Xudoyberganova tomonidan 76-sonli maktabda Toşyop ovuli hududidagi yoşlar uçun “Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş” mavzusida oçiq dars taşkil etildi.
Dars maşğuloti davomida maktabning informatika fani öqituvçisi Dilfuza Boltayeva kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş yuzasidan tuşunçalar berdi.
Undan taşqari, yoşlarga “Google” qidiruv tizimidan foydalaniş, “ZiyoNET” va ADU.UZ elektron kutubxonasidan foydalaniş böyiça amaliy könikmalar berilib, tuşunçalari kengaytirildi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalaniş könikmalarini rivojlantiriş böyiça amaliy maşğulot ham ötkazilib, yoşlar dars davomida olgan bilimlarini amalda sinab kördilar.
Oçiq dars davomida mavzu yuzasidan savol-javob ötkazildi va yoşlar öz bilimlarini mustahkamlab oldilar.

Qipçoq ovulida joylaşgan 11-sonli maktabda ham hudud yoşlari uçun “Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş” mavzusida oçiq dars ötkazildi. Uşbu tadbirga hududning nogironligi bölgan yoşlari va maktab öquvçilari qamrab olindi.
Oçiq darsni loyiha ijroçilaridan biri Oygul Rajabova boşlab berdi va kompyuter texnologiyalari va internetning hayotimizdagi tutgan örni, undan samarali foydalaniş yuzasidan maʼruza qildi.
Şundan söng, maktabning informatika fani öqituvçisi Gulçehra Qurbonboyeva öquvçilarga kompyuter texnologiyasidan taʼlim olişda, işlab çiqariş jarayonida foydalaniş yöl-yöriqlari haqida keng tuşunçalar berdi.
Maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosari Matluba Qurboniyozova öquvçilarning kompyuter savodxonligini sinovdan ötkaziş böyiça savol-javoblar ötkazdi.
Oçiq dars jarayonida öquvçilarning zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini puxta egallayotganliklari yaqqol namoyon böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶