12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:19
Jamiyat 👁 443

ELIM, DEGAN EL FIDOYISI

ELIM, DEGAN EL FIDOYISI

Bu hayot karvoni şundayki, heç töxtamaydi, bir zum tin olmaydi. Daryosiga oşiqqan şarşara kabi oldinga intilaveradi, inson esa ana şu karvon bilan umr deb atalgan safarda hamroh.

Darvoqe, umr – insonga Alloh tomonidan inʼom etilgan eng oliy mukofot. Uning qadriga yetiş, umr safarini özining saodatli amallari bilan gözal tarzda ado etiş insonning ilm-u zakovatiga, fidoyiligiga, taşabbuskorligiga boğliq. Agar  taʼbir joiz bölsa, köplab manğitlik taniqli insonlar, hatto olim-u arboblarga ustozlik qilgan fidoyi öqituvçi, Alloh rahmat qilsin, Qöziboy Rözmetov oilasida dunyoga kelgan Rustam Rözmetovning hayot yöli bir inson orzu qilguday ibratli lahzalarga boy böldi. Öta intizomli va qattiqqöl ota tarbiyasini olgan Rustam Rözmetov 1953-yilda, Ikkinçi jahon uruşi asoratlari hamon ketmagan, oilalarda yetar-yetmaslik hukm surayotgan bir davrda dunyoga keldi. Hayot qançalik oğir sinovlari bilan insonlarni qiynamasin, oiladagi 9 nafar farzandning törtinçisi bölgan Rustam ota-sining har bir sözini, maslahatini misli javohirday qabul qildi va özidan katta aka-opalari izidan borib, ilm-irfonga, kitobga mehr qöydi.

Otasining: “jamiki ezguliklarning kaliti ilmda, kitobda”, – degan ögitini öziga şior qilib olgan Rustam Rözmetov umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tamomlagaç, 1970-yilda Samarqand davlat universitetining kimyo  fakultetiga öqişga kirdi. Garçi, oilasidan yiroqda, olis Samarqand şahrida taʼlim olayotgan bölsa-da, u hamişa otasining sinçkov nigohida, har bir semestr va öquv yili bosqiçlari böyiça hisobdor edi. Çunki öqiş masalasida farzandlariga nisbatan öta talabçan bölgan Qöziboy ota Rözmetov ularning yuriş-turişi, muomala-odobi, öqişini  nazorat qilişni aslo unutmasdi. Şundanmi, bu oila farzandlarining barçasi öqimişli, ziyoli insonlar bölib yetişdilar.

Rustam Rözmetov universitetni tugatgunga qadar, undan keyin ham ota-onasi tartib bergan Qöziboy Rözmetovlar oilasiga munosib farzand sifatida öz umrini ezgu amallari bilan ziynatlab yaşaşga intildi va bunga maʼlum maʼnoda erişdi.

Ilk mehnat faoliyatini 1975-yilda Amudaryo tumani qişloq xöjalik kimyo korxonasida agronom bölib işlaşdan boşlagan Rustam Rözmetovning umr yöli biri-biridan masʼuliyatli lavozimlarni ado etiş asnosida gözal va havasga munosib mazmunlar bilan boyidi. U 1975-1985-yillarda 30-sonli umumtaʼlim maktabida öqituvçi, 1985-1987-yillarda Amudaryo tumani ijroiya qömitasida maslahatçi, tarğibot-taşviqot işlari böyiça  bölim mudirining örinbosari, 1987-1988-yillarda sobiq Ittifoqning Krasnodar ölkasi Korenev tumani ijroiya qömitasi instruktori lavozimlarida faoliyat yuritiş orqali öşa davr davlat qurilişi asoslari böyiça zamonaviy bilim va tajribaga ega böldi. Natijada 1988-yilda Amudaryo tumani rahbariyati unga yuksak işonç bildirib, Amudaryo tuman ijroiya qömitasi taşkiliy bölim mudiri lavozimiga tayinlaşdi.

Işonç – insonga qanot, umidbaxş orzularga parvoz berguvçi kuç. Qolaversa, işonçga sazovor böliş uçun intiliş tuyğusi insonni maʼnaviy jihatdan kuçli qiladi. Rustam Rözmetov ana şu tuyğularga hamroh yaşab, mehnat qildi. U 1991-yildan 2017-yilning yanvarigaça, to pensiyaga çiqquniga qadar turli masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat yuritdi. Xususan, ÖzXDP Amudaryo tuman Kengaşi kotibi, mazkur  partiya Kengaşining birinçi kotibi, Amudaryo tumani hokimining ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari, tuman hokimining birinçi örinbosari – şahar hokimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi “Mahalla” jamğarmasi Amudaryo tuman bölinmasi raisi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman bölinmasi raisi lavozimlarida hamişa xalq orasida, xalqning  ertangi kuni yanada farovon va obod bölişi yölida sidqidildan faoliyat yuritdi.

Işning közini biladigan, har qanday vaziyatda ham öz vazifasini qatʼiyat bilan uddalaydigan insonlar hamişa qadrlanadi. Rustam Rözmetov ham ana şunday insonlar toifasidan bölgani uçunmi, “men pensiyaga çiqdim”, deya xotirjamlik bilan xalqqa eltar eşiklarni birdaniga “yopib” ketmadi. Aksinça, ÖzLiDeP Amudaryo tuman Kengaşi raisining örinbosari, apparat rahbari sifatida 2017-yilning avgust oyiga qadar faoliyat yuritdi.

Rustam aka Rözmetovning jöşqin mehnat faoliyati bilan keçgan umr yöllariga nazar solgan kişi uning qadami yetgan manzillarda gözallik, ezgu amallardan obod lahzalarga guvoh bölişi tabiiy. Ayniqsa, bu tuman hududidagi obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, qişloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantiriş, milliy urf-odat va anʼanalarimizni tiklaş, oila mustahkamligini taʼminlaşga qaratilgan ezgu işlarda yaqqol namoyon. Bevosita Rustam Rözmetovning taşkilotçiligida tumandagi barça ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablağlari hisobidan ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari ofislari kompyuter va xona jihozlari bilan taʼminlandi.

Rustam Rözmetovning aksariyat rahbarlardan farqli bir odati bor edi. U özi rahbarlik qiladigan soha böyiça muammolarni şaxsan özi örganib çiqişdan taşqari, mavjud muammolar yeçimi topilmagunça tinib-tinçimasdi. Şu bois, u “Mahalla” tizimida işlagan 2004-2011 va 2011-2017-yillarda 24ta mahalla hududida 42,64 km. avtomobil yöllari, 25,7 km. tabiiy gaz quvurlari, 47,75 km. uzunlikdagi içimlik suvi quvurlarini taʼmirlaş işlariga boş-qoş böldi.

Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, kiçik va oilaviy  tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholining turmuş tarzini yaxşilaş, hukumat  Qarorlari va hayotga joriy etilayotgan yangi Qonunlar ijrosini taʼminlaş, mahalla institutini rivojlantirişga qaratilgan uçraşuvlar, oşkora muloqot tadbirlari, öquv-seminarlar va davra suhbatlari ötkaziş orqali xalq bilan muloqot uçun zarur şaroitlar yaratdi. “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi hamkorligi” tizimini işlab çiqdi va bu borada uzviylikni taʼminlaşga erişdi.

– Mahallalarga, olis qişloqlardagi xonadonlarga çiqqanimizda zamon talablari darajasidan ança past oilalarga duç kelardik, – deydi Rustam aka “Mahalla” tizimida işlagan davri haqida söz yuritarkan. – Boquvçisini yöqotgan, doimiy daromad manbaiga ega bölmagan oilalar turmuş tarzini yaxşilaş, iloji boriça ularning hayotiga yoruğlik, röşnolik olib kirişga harakat qilardik.

Vaholanki, şundan keyin bunday oilalarni qöllab-quvvatlaş Rustam Rözmetov uçun birinçi galdagi vazifaga aylanardi. Şu maqsadda R.Rözmetov homiylik yordamlarini jalb qilgan holda 2014-2017-yillar davomida kam taʼminlangan oilalarning salkam  2000 nafarga yaqin farzandlari yozgi dam oliş oromgohlarida hordiq çiqarişlari uçun bepul yöllanmalar bilan taʼminlanişiga erişdi. Öşa yillarda 14ta oilaga qoramol olib berilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam paketlari ajratildi. Quvonarli tomoni şundaki, öşa paytdagi tuman Xotin-qizlar qömitasi raisi X.Rajabova bilan hamkorlikda 40ta oila farzandlarining sunnat va nikoh töylari ötkazilişiga boş-qoş böldi.

Rustam Rözmetov özining 40 yillik mehnat faoliyati davomida deyarli har kuni xalq orasida, özi uçun aziz Amu elining yaxşi kunida quvonçlariga şerik, ğamli kunlarida dardkaş, yelkadoş böldi. Nimaiki, orzu-niyatlari bölsa, aziz xalqi va ularning orzulari bilan birga baham kördi. Uruş va mehnat faxriylari, taşabbuskor, intiluvçan yoşlar, ayniqsa, ijodkorlar bilan böladigan samimiy suhbatlar unga çeksiz quvonç, ruhiyatiga quvvat bağişladi. Şu bois, tumanda yaşab, ijod etayotgan yozuvçi va şoirlar, ijodkorlar bilan yoşlarning uçraşuvlari, ijodiy keçalar, adabiy-musiqiy tadbirlarning doimiy taşkilotçisi edilar va bundan çeksiz zavq olardilar.

Xalqimiz zakosi tufayli yaralgan gözal va purmaʼno bir hikmat bor: “Yigit yetmişda yetuklikka yetişadi”, deydilar. Rustam Rözmetov ayni şu kunlarda umr safarining yetuklik manziliga yetdilar. Demak, bu hali keksalik haqida söz oçişga erta, degani. Hamonki, fikri tiniq, yoşlarday dadil va öktam Rustam Rözmetov biri-biridan  öqimişli, mehnatkaş, barkamol uç öğil va bir etak nevaralarning bobosi sifatida özi istiqomat qiladigan Yangiobod mahallasida obrö-eʼtibori bor, hurmati baland. Umr yöldoşi, el sevgan bolalar şifokori Zamiraxon opa Yusupova bilan farzandlariga, nevara-çevaralariga, mahalla yoşlariga yaqin maslahatgöy. Turli bayramlar sanalari munosabati bilan döst-u birodarlari, şogirdlari, farzandlari mehridan yanada obod bölib ketadigan bu fayzli xonadondan aslo yaxşilarning qadamlari uzilmaydi.

Bu hayot karvonida öz umr safarining yetuklik manzili – yetmişinçi dovonidan oşgan Rustam aka Rözmetovni qutluğ yoşlari bilan çin dildan muborakbod etamiz.

Amudaryo degan bu mahallada,

Nomi aziz, örni uluğ insonsiz.

Elim, degan fidoyilar saylanganda,

Mahallaga singgan mehri ummonsiz.

Robiya YÖLDOŞEVA.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026