“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA “OÇIQ EŞIKLAR KUNI” TADBIRI BÖLIB ÖTDI
Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi tom maʼnoda har tomonlama yetuk va barkamol yoşlarni tarbiyalaşda öz mavqeiga ega taʼlim-tarbiya maskanlaridan biri sanaladi. Ayni paytda mazkur muassasada 75 nafar xodim faoliyat olib borişadi. Şulardan 65 nafari turli yönalişlar böyiça pedagoglar, 10 nafari texnik xodimlardir. Pedagog-xodimlarning 34 nafari oliy, 7 nafari tugallanmagan oliy, 26 nafari esa örta maxsus maʼlumotga ega mutaxassislardir.
Maktabda 69ta tögarak tarkibidagi 139ta guruhda 1668 nafar öquvçi-yoşlar özlari qiziqqan yönalişlardagi tögarak maşğulotlarida qatnaşiş orqali qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirişlari uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan.
Asosiy 7ta, yaʼni madaniyat va sanʼat, texnika konstruktorlik va modellaştiriş, jismoniy tarbiya va sport, hunarmandçilik va qöl mehnati, turizm va ekologiya, oliy taʼlim muassasalari va maktab taʼlimiga tayyorlov, xorijiy tillar yönalişlari böyiça faoliyat olib boruvçi 69ta tögarakda şuğullanayotgan öquvçi-yoşlar orasida turli musobaqalar, körik-tanlovlar ğolib va sovrindorlari bor.
Joriy yilning 15-sentyabr sanasida “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Buyuk kelajakka barkamol avlod bilan” şiori ostida “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri bölib ötdi. Yangi öquv yili boşlanayotgani munosabati bilan ötkazilgan “Oçiq eşiklar kuni” bayram tadbiriga Manğit şahridagi 40-, 82-, 76-, 31-sonli umumtaʼlim maktablarining öquvçi-yoşlari hamda mahallalardagi ota-onalar faollari taklif etildi.
Tadbir iştirokçilari, avvalo, maktab öquvçi-yoşlarining tasviriy sanʼat, liboslar dizayni, robototexnika va konstruktorlik, yoş dasturçi, biçiş-tikiş, yumşoq öyinçoqlar, töqiş va kaştaçilik, badminton, şaxmat va şaşka, stol tennisi, yoş ölkaşunos va sayyoh, yoş ekolog va tabiatşunos hamda umumtaʼlim fanlari böyiça tögaraklarda egallagan mahorat, bilim va könikmalari haqida hikoya qiluvçi körgazma bilan yaqindan tanişdilar. Albatta, ota-onalar öz farzandlari tomonidan tayyorlangan va körgazmaga qöyilgan buyumlarni, ularning turli bellaşuv, körik-tanlov va musobaqalarda erişgan yutuqlari haqida hikoya qiluvçi sovrinlarini faxrlanib tomoşa qildilar.
Şundan söng, öquvçi-yoşlar “Barkamol avlod” bolalar maktabining milliy raqs, estrada-vokal tögaraklarida ustozlari rahbarligida örgangan kuy-qöşiqlari va raqslaridan iborat kontsert dasturini namoyiş etdilar. Kontsert dasturining milliy raqs yönalişidagi qismida jajji raqqosa qizlar Xorazm xalq raqslarini, doira raqsi, Andijon polkasi, şuningdek, surxonça hamda folklor raqslarini mahorat bilan ijro etib, tadbir iştirokçilarining olqişlariga sazovor böldilar.
Estarada-vokal tögaragi aʼzolari tomonidan ijro etilgan Vatanni, onani, döstlik va tinçlikni, mustaqillikni madh etuvçi qöşiqlar ularning ota-onalariga zavq-şavq bağişladi, öz navbatida ota-onalar farzandlarining iqtidorli, bilimdon, hunarmand insonlar bölib kamol topayotganlaridan mamnun ekanliklarini izhor etdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶