TOŞYoP OVULIDA SAYYoR QABUL ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga kötarildi. Bugun barça davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan işlaş böyiça sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda ötayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eşitiş, ularning muammolarini hal etişda, şak-şubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak.
Bugungi kunda yurtimizda xalq bilan faol va oçiq muloqot olib boriş, avvalo insonning huquq hamda manfaatlarini taʼminlaş orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot keçirişi uçun köplab saʼy-harakatlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Respublikamiz böylab ötkazilayotgan sayyor qabullar jarayonida yordamga muhtoj aholining muammolari örganilib, köplab ijobiy natijalarga erişilmoqda.
15-sentyabr kuni Amudaryo tumani 4-sektori hududidagi Toşyop ovulida sayyor qabul bölib ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Soliq boşqarmasi boşliği X.Bekçanov hamda masʼullar, mahalla faollari iştirok etişdi.
Sayyor qabuldan közlangan maqsad mahalladagi fuqarolarning muammolarini örganiş, ijobiy hal etilişiga kömaklaşiş, taklif hamda tavsiyalarini tinglaşdan iboratdir.
Sayyor qabulda mahalla fuqarolari qatnaşib, sektor rahbariga mavjud muammo va kamçiliklar bilan murojaat qildilar.
Qabul davomida masʼullarga fuqarolar tomonidan 11ta murojaatlar kelib tuşdi. Şundan oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan farzandlarining kontrakt pullarini tölab beriş masalasida 2ta, oşxona jihozini olib beriş masalasida 1ta, moddiy yordam puli oliş masalasida 1ta, köçada avtomoşinalar harakatlanişi uçun yöl çiqarib beriş masalasida 1ta, köçasiga toş-şağal yoyib beriş masalasida 1ta, iş bilan taʼminlaş böyiça 2ta, köprikni taʼmirlaş masalasida 1ta, içki köçalarni kengaytiriş masalasida 1ta, subsidiya asosida tikuv maşinasi oliş böyiça 1ta murojaatlar kelib tuşdi.
Murojaatlarning 5tasi joyida qanoatlantirildi, 1tasiga asosli tuşunçalar berildi. Qolgan 5ta murojaatlar tegişli masala böyiça idora va taşkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Şuningdek, sayyor qabul davomida mahalladagi ehtiyojmand 16ta oilaga subsidiya asosida 39ta qöy, 1ta duxovka va 2ta tikuv maşinasi berildi.
Yiğilişda murojaatlar körib çiqilişi va tez orada hal qilinişiga kelişib olindi.
Joylarda taşkil qilinayotgan bu kabi sayyor qabullar natijasida hukumat idoralari va xalq örtasidagi körinmas devor olib taşlanib, yordamga muhtoj fuqarolar öz muammolarini mutasaddi taşkilot rahbarlariga tösiqsiz yetkazişmoqda. Bu orqali köplab muammolar hal qilinib, xalq va davlat yagona bir maqsad – vatan taraqqiyoti yölida birdek harakat qilayotir.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶