Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining navbatdan taşqari 64-sessiyasi töğrisida axborot
2023-yil 12-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari 64-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Maqsud Sadullayev oçdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 12-Arnaböyi saylov okrugidan deputat Mansur Örazboyev saylandi.
Sessiyada Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, Jöqorği Kenges va tuman Kengaşi deputatlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, taşkilotlar rahbarlari, fuqarolar yiğinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyada taşkiliy masala – Amudaryo tumani hokimini tayinlaş masalasi körildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev sözga çiqib, Amudaryo tumanining iqtisodiy salohiyati ulkan, Qoraqalpoğistonda tutgan örni alohida ekanligini taʼkidladi. Tuman qişloq xöjaligi sohasida nafaqat Qoraqalpoğistonda, balki Özbekiston miqyosida ham ilğorlar qatorida turişi alohida eʼtirof etildi. Keyingi yillarda tumanda aholining turmuş darajasini yanada yaxşilaş, kambağallikni qisqartiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş böyiça qator amaliy işlar qilinayotgan qayd qilindi.
Deputatlarga “Xöjametov Sabir Jabbarberganoviçni Amudaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlaş töğrisida”gi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining 2023-yil 12-sentyabr kungi farmoyişi öqib eşittirildi.
Xöjametov Sabir Jabbarberganoviç 1976-yilda Amudaryo tumanida tuğilgan. Millati – özbek. Maʼlumoti – oliy. 1998-yilda Nukus davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti böyiça mutaxassisligi – olim-agronom.
Mehnat faoliyatini 1998-yilda tumandagi “Tölqin” xöjaligi biolaboratoriyasi mudiri vazifasida işlaşdan boşlagan. 2002-2004-yillarda “Tölqin” muqobil maşina-traktor parki boş hosiloti, 2004-2007-yillarda tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği, 2007-2010-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklarni himoya qiliş markazi direktori lavozimlarida işlagan. 2010-2016-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari, keyinçalik Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vaziri vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida faoliyat yuritgan.
Sabir Xöjametov 2016-2018-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, keyinçalik Qişloq va suv xöjaligi vaziri lavozimlarida işlagan. 2018-2021-yillarda faoliyatini Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari vazifasida davom ettirgan. 2023-yildan boşlab esa Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Agrar, suv xöjaligi, tabiatni muhofaza qiliş va ekologiya masalalari qömitasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi, tuman Kengaşi deputati Maryam Ahmedova, tuman Kengaşi deputati Bahromboy Qodirov, mehnat faxriysi Bekman Allamberganovlar sözga çiqib, nomzod haqida öz fikrlarini bildirdilar va uning kelgusi işlariga omad tiladilar.
Kun tartibidagi masala böyiça tuman Kengaşining tegişli qarori qabul qilindi. Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶