MANZILLI QÖLLAB-QUVVATLAŞ DAFTARLARIGA KIRITILGAN YoŞLAR UÇUN OÇIQ DARS ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan “Beş taşabbus – beş imkoniyat!” loyihasining iş rejasi asosida aholining maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoşlarning isteʼdodlarini yuzaga çiqariş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, turli zararli illatlardan işonçli himoya qiliş maqsadida turli tadbirlar, uçraşuvlar, tanlovlar ötkazilib kelinmoqda.
Loyihaning iş rejasi böyiça Prezidentimiz ilgari surgan beş muhim taşabbusning uçinçi taşabbusi doirasida tumanning Manğit şahri hududida yaşovçi, manzilli qöllab-quvvatlaş daftarlariga kiritilgan yoşlar uçun 40-sonli maktabda “Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş” mavzusida oçiq dars taşkil qilindi.
Aytiş joizki, tumanning barça umumtaʼlim maktablaridagi kompyuter sinflarida öquvçilarga eng tajribali mutaxassis öqituvçilar saboq berib kelmoqda. Biz hikoya qilayotgan 40-sonli maktabda hozirgi kunda 1520 nafar öquvçi bilim olmoqda. Ularga 102 nafar pedagog ustozlar bilim sirlarini örgatib kelişmoqda.
Maktabda ikkita kompyuter sinfxonalari bölib, öquvçilarga informatika fani öqituvçilari Dilşoda Abdiqodirov, Inobat Arslonova, Nurbek Xolboyev, Nilufar Soatboyevalar kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş böyiça dars maşğulotlari ötib kelmoqdalar.
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan “Beş taşabbus – beş imkoniyat!” loyihasining iş rejasi asosida şuningdek, Prezidentimiz ilgari surgan beş muhim taşabbusning birinçi taşabbusi doirasida yoşlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boşqa turlariga qiziqişlarini oşirişga, isteʼdodini yuzaga çiqarişga qaratilgan tanlovlar, davra suhbatlari, tadbirlar ötkazilmoqda.
Ikkinçi taşabbus doirasida esa yoşlarni jismoniy çiniqtiriş, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilişlari uçun zarur şaroitlar yaratiş maqsadida maxsus trenajyor xonasi taşkil qilingan.
Uçinçi taşabbus doirasida yoşlar örtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanişga qaratilgan tadbirlar taşkil qilinayotgan bölsa, törtinçi taşabbus doirasida yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş böyiça tanlovlar, uçraşuvlar va tadbirlar ötkazib kelinmoqda.
Şuningdek, beşinçi taşabbus doirasida yoş ayol-qizlarni işga joylaştiriş maqsadida uçraşuvlar taşkil qilinib, özini özi band qilgan va tadbirkorlik bilan şuğullanib, daromad topayotgan ayol-qizlarning tajribalarini ommalaştiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Grant loyihasi doirasida taşkil qilingan navbatdagi amaliy dars ham manzilli qöllab-quvvatlaş daftarlariga kiritilgan yoşlar uçun foydali böldi. Zamonaviy öquv uskunalariga ega maktabda dars ötib, informatika va axborot texnologiyalari sohasiga havas qilgan öquvçilarning köngliga şu yönalişdagi oliy öquv yurtlariga öqişga kirib, yetuk mutaxassis bölib yetişiş orzusi joylangan bölsa ajab emas.
Örozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶