35-SONLI MAKTABDA YaNGI ÖQUV YILIGIA ÇORLOVÇI QÖNĞIROQ JARANGLADI
Bugun 4-sentyabr tongini butun mamlakatimiz böylab umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar bilim yurtlari va oliy taʼlim muassasalari öquvçi va talaba-yoşlari qalblarida olamça orzular va şodiyonalik bilan qarşi oldilar. Quçoqlari turfa guldastalarga tölgan öqituvçi-murabbiylar quvonçining çegarasi yöq. Çunki bugundan eʼtiboran öqituvçi-murabbiylar va ilmga çanqoq yoşlar uçun ilm-u zakovat yölidagi orzular sari dadil intilişlar boşlanadi.
Amudaryo tumanining 2-sektor hududidagi 35-sonli umumtaʼlim maktabi tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi namunali maktablardan biri sanaladi. Boşlanayotgan 2023-2024 yangi öquv yilida mazkur maktabda 690 nafar öquvçi taʼlim-tarbiya olişadi. öz kasbining fidoyisi bölgan 68 nafar tajribali pedagog xodimlar faoliyat olib boradigan öquv muassasasi 2021-yilda investitsiya dasturi doirasida rekonstruktsiya qilinib, qöşimça 330-örinli yangi bino qurilgan. Maktab 2 ta zamonaviy kompyuter sinfi 100 mb/s tezlikdagi internet bilan taʼminlangan. Fan öqituvçilarining 4 nafari oliy, 9 nafari 1-toifaga, 18 nafari 2-toifaga ega bölib, 2022-2023 öquv yilida bir nafar öquvçi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi böldi. Sport sohasida quvonarli natijalarga erişildi. Xususan, sportning minifutbol turi böyiça qizlar jamoasi Qoraqalpoğiston Respublikasida faxrli 1-örinni qölga kiritişdi. 6 nafar öquvçi OTMlar talabalari bölişdi.
Tadbirda bu haqda alohida eʼtirof etilib, yangi 2023-2024 öquv yilida yanada ğayrat-şijoat bilan işlaş, tuman maktablari reytingida yuqori poğonalarga erişiş böyiça rejalar xususida söz yuritildi. Tadbirda 2-sektor rahbari, Amudaryo tumani prokurori A.Rözmetov, öquvçi-yoşlar va ularning ota-onalari iştirok etişdi.
“Birinçi qönğiroq” tadbirini maktab direktori Jasur Ahmedov oçdi va bayram iştirokçilarini yangi öquv yilining boşlanişi, bilimlar kuni bayrami bilan tabrikladi.
Tadbir davomida Xolimbeg ovulining faollari, namunali öquvçi-yoşlarning ota-onalari ham sözga çiqişib, farzandlarining bilimdon, jismonan yetuk insonlar bölib, voyaga yetişlari uçun davlatimiz tomonidan körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlikdan minnatdor ekanliklarini bildirdilar. Tadbirda joriy öquv yilida 1-sinfga qadam qöygan 58 nafar jajji öquvçi-bolajonlarga Prezident sovğasi – 12 nomdagi öquv qurollari jamlanmasi tantanali ravişda topşirildi.
Şundan söng öquvçilarni ilmga,intiluvçanlikka çorlovçi qönğiroq jaranglab, maktabning barça sinfxonalarida mustaqillik darslari boşlandi.
Maktab bağri kelajak avlodning baxtiyor, intiluvçan vakillari – öquvçi-yoşlarning nurli orzularga töla qadamlaridan yanada obod böldi.
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶