“YaNGI HAYoT UÇUN, YaNGI ÖZBEKISTON UÇUN!” BOŞ ĞOYa ASOSIDA BAYRAMOLDI TADBIRLAR BÖLIB ÖTMOQDA
Xalqimiz xuş körib nişonlaydigan bayramlar köp. Ayniqsa, Mustaqillik bayrami har bir xonadonga fayz-u tarovat, köngillarga zavq bağişlagani bilan yanada qadrli. Istiqlol, hurlik şukuhi ufurib turgan yurtimizning har bir göşasida uşbu eng uluğ va eng aziz kunni munosib kutib oliş uçun qizğin taraddudlar körilişi ham şundan.
Pişiqçilik fasli – sölim yoz neʼmatlarining barçasini özida mujassam etgan fayzli dasturxonlar atrofida jam bölgan nuroniy otaxon va onaxonlar el-yurtga tinçlik, omonlik tilab, duoga qöl oçadilar. Oilalar davrasida boşlangan bayramona kayfiyat mahallaga, xalq jam bölgan katta davralarga köçadi. Hurlik, obodlik tuyğularini birgalikda baham körişga ne yetsin!
Amudaryoliklar Istiqlol bayrami tantanalarini ana şunday hamjihatlikda, juda erta boşlab yuborişga odatlanişgan.
“Yangi hayot uçun. Yangi Özbekiston uçun!” boş ğoya asosida “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uçun poydevor” şiori ostida Amudaryo tumanining har bir ovul va mahallasida bölib ötayotgan Mustaqillikning 32 yilligiga bağişlangan bayram tadbirlarida xalqimiz şodiyonalik bilan iştirok etişmoqda.
Ana şunday bayram tadbirlaridan biri joriy yilining 17-avgust sanasida Manğit şahrining Boyovul mahallasida ham ötkazildi.
Bayram tadbirida 34-sonli Amudaryo tuman Madaniyat markazi sanʼatkorlari tomonidan namoyiş etilgan kontsert dasturi iştirokçilarga xuş kayfiyat baxş etdi.
Bayramoldi adabiy-musiqiy tadbirda xuşovoz xonanda Murodjon Ibragimov rahbarligidagi xalqimiz sevgan taniqli sanʼatkorlar iştirokidagi kontsert dasturi namoyiş etildi. Ayniqsa, Rinat Saparboyev, Xayrulla Habibullayevlar ijrosidagi qöşiq va masxarabozlik sanʼati öyinlari barçaga manzur böldi.
Tadbir davomida boyovullik yoşlar jöşqin kuy-qöşiqlarga raqsga tuşib, miriqib dam oldilar.
“Yangi hayot uçun, Yangi Özbekiston uçun!” boş ğoyasini özida mujassam etgan bayramoldi adabiy-musiqiy tadbir 19-avgust kuni Qiliçboy ovuli va Ayoqçi mahallasi aholisi iştirokida ham ötkazildi.
“Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uçun poydevor” şiori ostida qiliçboyliklar davrasida ötkazilgan mazkur tadbirda 40-sonli “Amu sadosi” madaniyat markazi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etildi. Z.Yöldoşev masʼulligida taşkillaştirilgan adabiy-musiqiy tadbirda sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar barçaga xuş kayfiyat bağişladi. Qiliçboylik va Ayoqçi mahallalik yoşlar 40-sonli “Amu sadosi” madaniyat markazi sanʼatkorlarining biri-biridan yoqimli kuy-qöşiqlarini tinglab, maʼnaviy oziq oldilar, özlari ham jör bölib kuylaşib, raqsga tuşdilar.
Şuningdek, Mustaqillik ğoyalarini, ona Vatan, tinçlik va döstlikni, millatlararo totuvlikni madh etuvçi bayramoldi musiqiy tadbiri 22-avgust kuni Çoyköl ovulidagi 36-sonli “Ofarin” madaniyat markazida yanada jöşqinlik bilan davom etdi. Markaz rahbari B.Rajabov boşçiligida taşkillaştirilgan bayram tadbirida çoyköllik nuroniylar va yoşlar, bolajonlar miriqib hordiq çiqardilar.
Bölib ötayotgan bayram tadbirlarida amudaryolik hunarmandlar tomonidan tayyorlangan hunarmandçilik sanʼati namunalari, hududlar aholisi hayoti haqida hikoya qiluvçi körgazmalar taşkil etilib, bu körgazmalarni tomoşa qilgan xalqimiz maʼnaviy oziq olişmoqda.
Mustaqillikning 32 yilligiga bağişlangan bu kabi adabiy-musiqiy tadbirlar Amudaryo tumanining barça qişloq va mahallalari böylab davom ztmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶