ATROF-TABIAT MUHITGA ZARAR YeTKAZILIŞIGA YÖL QÖYILMAYDI
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, sanitariya va ekologik holatni yaxşilaşni taʼminlaş sohasida izçil işlar olib borilmoqda. Bu borada, şuningdek, hududda tabiatga zarar yetkazilişining oldini oliş böyiça Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining Amudaryo tuman bölimi tomonidan ham tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilib kelinmoqda.
Bölim xodimlari tomonidan noqonuniy çiqindi taşlaş, atrof-muhitni, içimlik va oqava suvlarni ifloslantiriş, yiğilib qolgan çiqindilar, ösimlik qoldiqlari, xazonlarni yoqib yuboriş, şuningdek, hayvonot va ösimlik dunyosi, suv va suvdan foydalaniş töğrisidagi nizom talablariga rioya qilmaslik oqibatida tabiatga zarar yetkaziş holatlarining oldini oliş maqsadida tuşuntiriş-tarğibot va reyd tadbirlari yölga qöyilgan.
Joriy yilning ötgan 7 oyi davomida ötkazilgan ekologik reyd tadbirlari davomida jami 67 ta huquqbuzarliklar aniqlangan. Şunga köra tegişli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, 202 mln. 725 ming söm miqdoridagi jarimalar undirilgan. Undan taşqari, tumanda faoliyat yuritayotgan 157 ta korxona-taşkilotlarga atrof-muhitni ifloslantirgani va belgilanmagan joylarga çiqindilar taşlagani uçun Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlariga asosan jami 129 mln. 875 ming 271 söm kompensatsiyalar tölatilgan.
Maʼlumki, şu yil 31-mayda “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasini transformatsiya qiliş va vakolatli davlat organi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni imzolandi. Unga köra, Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi deb qayta nomlandi.
Endilikda sohada raqamli texnologiyalar asosida zamonaviy ekologik monitoring mexanizmini yaratiş, ekologik madaniyatni yanada oşiriş, bioxilma-xillikni asraş va çiqindilar bilan boğliq işlarni tartibga soliş kabilar borasidagi belgilab qöyilgan vazifalar amalga oşiriladi. Şuningdek, daraxt, butalarni ekiş, yaşil hududlarni taşkil qiliş hamda ularni muhofaza qilişning yangi tartiblarini joriy qiliş orqali ekologik vaziyat tubdan yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Undan taşqari, joriy yil 1-dekabrgaça tumanlarda atmosfera havosi ifloslanişi fon monitoringini amalga oşiriş uçun avtomatlaşgan kiçik stantsiyalar örnatiladi. 2025-yil yakunigaça respublika hududi böyiça atmosfera havosining tabiiy ifloslanişi yuqori bölgan hududlarni prognozlaş va aholini barvaqt ogohlantiriş tizimi sinov tariqasida joriy etiladi. 2024-yil yakunigaça hududlarni ekologik baholaş böyiça indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi şakllantiriladi va har bir hududning ekologik pasporti eʼlon qilinadi.
2024-yildan boşlab, har yili “yaşil belboğ”, “yaşil boğ” va “yaşil jamoat park”lar hamda “yaşil qoplamalar” – himoya örmonzorlarini barpo etiş va doimiy foydalanuvçiga topşirilgunga qadar saqlab turiş, asosiy temiryöl va magistral avtoyöllar böyida daraxt köçatlarini ekiş, har bir tuman va şaharda 5 gektardan kam bölmagan maydonlarda boğlar barpo etiş kabilar uçun 500 milliard söm ajratiladi.
Tumanimizda ham 2023-yilning bahor mavsumi davomida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi va “Dolzarb 40 kunlik” davomida köçat ekiş işlarini samarali taşkil etiş yuzasidan samarali işlar amalga oşirildi. Loyiha doirasida 770 ming dona manzarali va mevali daraxt köçatlari, qalamçalar ekiş rejalaştirilgan bölsa, ötgan davr mobaynida tumanimizdagi barça korxona-taşkilotlar, fuqarolar yiğinlari hududi va aholi tomorqalarida, şuningdek, avtomobil yöllari böylarida vergin arçasi, şarq tuyasi, yapon soforasi, katalpa, şumtol, qayrağoç, jiyda, tut, zarang, akatsiya, turli xildagi teraklar ötqazildi. Şuningdek, suriya atirguli, turli navli uzum qalamçalari, höl mevali va yonğoq mevali daraxt köçatlari ham ekildi.
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi nihoyatda muhim örin tutadi. Yaşaş uçun tabiatni asraşimiz, tabiiy resurslarni oqilona boşqarişimiz, ulardan tejamkorlik bilan foydalanişimiz zarur. Çunki, yer şaridagi köplab ekotizimlar zaxirasi deyarli tugab borayotgan, aholi soni ösib borayotgan, iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj kun sayin ortayotgan bugungi vaziyatda atrof-muhitni saqlaş har qaçongidan ham dolzarb vazifa sanaladi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶