AMUDARYoDA ĞALLA EKIŞ IŞLARI BOŞLANDI
Ölkamizda yoz fasli oxirlab bormoqda. Bunday paytda dehqonlarimiz ğöza parvarişining oxirgi agrotexnik tadbirlarini nihoyasiga yetkaziş, paxta yiğim-terimiga tayyorgarlik köriş bilan bir qatorda kelgusi yil hosili uçun buğdoy ekiş işlarini ham amalga oşirişadi.
Ekişning sifatli ado etilişi uruğlarning bexato unub çiqişini va kelgusi yilda möl hosil berişini taʼminlaydi. Şuning uçun ham bu işga masʼuliyat bilan qaraladi.
16-avgust kuni kelgusi yil hosili uçun kuzgi ğalla ekişga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida tumanning Örta qala ovuli hududida faoliyat yurituvçi «Yusufxöja» fermer xöjaligi dalasida ğalla ekiş böyiça körgazmali seminar bölib ötdi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Botir Toğayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi vakili Axmet Ibragimov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Daryabay Qaypov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Fozil Nurmuhamedov hamda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Murod Erjanov va sohaga masʼullari, fermerlar iştirok etişdi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov sözga çiqib, bu yilgi ğallani sifatli va öz vaqtida ekiş, mavsumni uyuşqoqlik bilan ötkaziş, şu bilan bir qatorda ekiş mavsumidagi barça çora-tadbirlarni öz vaqtida amalga oşiriş yuzasidan tegişli soha vakillariga topşiriqlar berdi.
Ğalladan yuqori va sifatli hosil olişning asosiy garovi – bu yerni ekişga sifatli tayyorlaş, hududning tuproq-iqlim şaroitlarini inobatga olib nav tanlaş, sifatli uruğlik ekiş muddati va meʼyorlariga rioya qiliş, ğalla nihollarini töliq undirib oliş hamda öz muddatida parvarişlaşdan iborat ekanligi seminar davomida alohida taʼkidlab ötildi.
Şuningdek, yuz berayotgan iqlim özgarişlarini inobatga olgan holda, qişloq xöjaligi maydonlariga erta işlov beriş, ekin ekiladigan maydonlarni tayyorlaş va buğdoy uruğlarini keçiktirmasdan ekiş zarurligi soha vakillariga alohida taʼkidlandi.
Tumanda 2024-yil hosili uçun 5380 gektar yer maydoniga ğalla ekiş rejalaştirilgan bölib, şundan 4980 gektari oçiq maydonga va 450 gektari ğöza qator orasiga ekiladi.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, amudaryolik ğallakorlar bu yilgi ekiş mavsumiga puxta tayyorgarlik kördilar. Jumladan, yerlarning şöri öz vaqtida yuvilib, lazerli uskunalar bilan tekislandi hamda dalalar öz vaqtida haydaldi. Endilikda ğallakorlarimiz ekiş işlarini uyuşqoqlik bilan tez kunlarda yakunlab, erta kuzda dalalardan tekis nihol olişga harakat qilişadi.
Şuningdek, seminar davomida fermer xöjaliklari rahbarlariga qişloq xöjaligi sohasida ilğor innovatsiyalarni qöllagan holda zamonaviy usulda mahsulot yetiştirişning afzalliklari, sarf-xarajatlarni qisqartiriş, yerdan unumli hosil oliş böyiça kerakli tavsiyalar berildi.
Sevara Ismoilova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶