“TARAQQIYoT KOʻZGUSI” GAZETASI OʻZBEKISTONNING ENG YaXShI HUDUDIY GAZETASI DEB TOPILDI
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ommaviy axborot vositalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻndan ortiq qonunlar qabul qilingan. Sohani yanada rivojlantirish boʻyicha qator institutsional tuzilmalar faoliyat yuritmoqda va ular tomonidan ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash, jurnalistlarning kasb mahoratini oshirish boʻyicha amaliy ishlar qilinmoqda.
2015-yil 20 fevral kuni poytaxtimizdagi "City palace” mehmonxonasi majlislar zalida bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari ijodiy xodimlari oʻrtasida tashkil etilgan "Jamiyat va men”, "Eʼtirof” respublika tanlovlari gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi I.Halimbekov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy jurnalistikani izchil ravnaq toptirish, ommaviy axborot vositalarining taʼsirchanligini oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Shundan keyin har ikkala tanlov gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
"Jamiyat va men” tanlovi yakunlariga koʻra eng yaxshi yoritilgan ijtimoiy, ilmiy-texnik, huquqiy, iqtisodiy, siyosiy, sport, tarix va madaniyat mavzulari yoʻnalishlari boʻyicha hamda "Yangi avlod”, "Sogʻlom bola yili" Davlat dasturining yoritilishi” kabi yoʻnalishlarda maxsus nominatsiyalar gʻoliblari taqdirlandilar.
"Eʼtirof” tanlovi yakunlariga koʻra esa "Eng yaxshi bosma OAV jurnalisti”, "Eng yaxshi fotomuxbir”, "Yil debyuti”, "Eng yaxshi tarmoq OAV jurnalisti”, "Eng yaxshi yil blogeri” va "Eng yaxshi hududiy gazeta” yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblar taqdirlandi.
"Eʼtirof” tanlovi gʻoliblari orasida "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ham bor. Hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra gazetamiz "Eng yaxshi hududiy gazeta” yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin sohibi boʻldi.
Bunday muvaffaqiyatga erishishimizda nafaqat tahririyatimiz mehnat jamoasining, balki gazetamiz muassislari - Amudaryo tumani hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengashining, 7 mingdan ortiq oʻquvchilarimizning, maʼnaviyatga, maʼrifatga oshna butun amudaryoliklarning hissasi bor.
Fursatdan
foydalanib, tanlov tashkilotchilariga katta minnatdorchilik bildiramiz.
(Foto - http://www.turkistonpress.uz)
Gʻoliblar roʻyxati bilan toʻliq tanishing:
«Jamiyat va men»
«Eng yaxshi yoritilgan ijtimoiy mavzular» yoʻnalishi:
1 - oʻrin:
Ergashev NajmiddinAndijon viloyati «Andijonnoma», «Andijanskaya pravda» gazetalari boʻlim mudiri;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin: Astanaqulov Xayrullo – «Jamiyat» gazetasi muxbiri;
Abdullayev Murodilla – «Oʻzbekiston Adabiyoti va sanʼati» gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari;
Egamberdiyeva Dilafroʻz – «Olmaliq haqiqati» gazetasi muxbiri.
«Eng yaxshi yoritilgan ilmiy-texnik mavzular» yoʻnalishi:
1 - oʻrin:Umarova Nargiza – «Turkiston», «Molodyoj Uzbekistana» gazetalari muharriri;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:Usmonova Hamida – «Ma’rifat», «Uchitel Uzbekistana» gazetalari muxbiri;
«Eng yaxshi yoritilgan huquqiy mavzular» yoʻnalishi:
1 - oʻrin:«Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Axborotnomasi»tahririyati jamoasi;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin: Xudoyberdiyev Xushnud – xushnudbek.uz sayti bosh muharriri;
«Eng yaxshi yoritilgan iqtisodiy mavzular» yoʻnalishi boʻyicha
1 - oʻrin:Muhamedjanov Murod –«Soliq va bojxona xabarlari» va «Norma maslahatchi» gazetalari eksperti;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:Avalboyev Ikrom – «Fermer» jurnali muxbiri;
Otajonov Gʻayrat – «Qoraqalpogʻiston tongi» gazetasi muxbiri.
«Eng yaxshi
yoritilgan siyosiy mavzular» yoʻnalishi boʻyicha
1 - oʻrin:Dadaxoʻjayev Sobir – "Vodil yogʻdusi” gazetasi muharriri;
«Eng yaxshi
yoritilgan sport mavzulari» yoʻnalishi boʻyicha
1 - oʻrin:Mustafina Elvina – «Doʻstlik bayrogʻi», «Znamya drujbi» gazetalari
muxbiri;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:
Raxmonov Akbar – «Qashqadaryo yoshlar sporti» gazetasi bosh muharriri.
1 - oʻrin:«Xalq irodasi» gazetasitahririyati jamoasi;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:
Hudoyqulov Avaz – «Toshkent haqiqati» gazetasi muxbiri.
«Eng yaxshi yoritilgan tarix va madaniyat mavzulari» yoʻnalishi:
1 - oʻrin:Atoyev Husniddin – «OXUS Culture» MChJ direktori;
1 - oʻrin:«Zarafshon» gazetasi tahririyati jamoasi;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:
Toshev Akmal – «Ishonch», «Ishonch-Doveriye» gazetalari muharriri.
Maxsus nominatsiyalar:
10. «Yangi avlod» mavzusidagi eng yaxshi material:
1 - oʻrin:Turdibekova Sapura – «Vesti Karakalpakstana» gazetasi muxbiri;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:Xoʻjaqulov Jobir – «Hurriyat» gazetasi muxbiri.
1- oʻrin:Mavlonov Elmurod – «Sirdaryo haqiqati»-«Sirdarinskaya pravda» gazetalari bosh muharriri oʻrinbosari;
12. «Sogʻlom bola yili» Davlat dasturining yoritilishi:
Fozilov Hakimjon
– www.sangzor.uz sayti muharriri.
«Eʼtirof»
«Eng yaxshi bosma OAV jurnalisti» yoʻnalishi:
1- oʻrin:Otabek Nasimov – «Daryo» gazetasi muharriri;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:
Akbarova Shahzoda – «Ayol va jamiyat» gazetasi muxbiri.
2. «Eng yaxshi fotomuxbir» yoʻnalishi:
1 - oʻrin:Ergashev Ahmad – «Oila davrasida» gazetasi fotomuxbiri;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:Sharapov Shomurot – «Xalq soʻzi», «Narodnoye slovo» gazetalari fotomuxbiri.
3. «Yil debyuti (ilk bor oʻzini tanitgan)» yoʻnalishi:
1 - oʻrin:«Telegraf.uz»axborot-tahliliy portali tahririyati;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:«Buxoro dilbari» gazetasi tahririyati.
4. «Eng yaxshi tarmoq OAV jurnalisti» yoʻnalishi:
1 - oʻrin:Qurbonov Sanjar – «Navoiy yoshlari» gazetasi muharriri;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin.
Namozova Zebo – «Boshlangʻich taʼlim» jurnali muharriri.
5. «Eng yaxshi yil blogeri» yoʻnalishi:
1 - oʻrin:Xudayberdiyeva Gulruxsor -ICTNEWS jurnali muxbiri;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:Safarov Sarvar- «Piar media» MChJ muharriri.
6. «Eng yaxshi hududiy gazeta» yoʻnalishi:
1 - oʻrin: «Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasi tahririyati;
Ragʻbatlantiruvchi oʻrin:«Surxon yoshlari» gazetasi tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶