“KEKSALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILIŞ OYLIGI” DOIRASIDA NURONIYLAR TIBBIY KÖRIKDAN ÖTKAZILDI
Mamlakatimizning barça hududlaridagi kabi Amudaryo tumanida ham “Keksalar salomatligini muhofaza qiliş oyligi” tadbirlari namunali darajada taşkil etilmoqda.
15-avgust kuni tuman Tibbiyot birlaşmasining köp tarmoqli markaziy poliklinikasida barça hududlardagi keska otaxon va onaxonlar tibbiy körikdan ötkazildi. Uşbu tibbiy körikka oila şifokorlari bilan bir qatorda tor doira mutaxassislari – urolog, oftalmolog, kardiolog, endokrinolog, stomatolog şifokorlar ham faol qatnaşişdi. Körik davomida laboratoriya xizmati, EKG, UZI tekşiruvlar ham taşkil qilindi.
Maʼlumki, yurtimizda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi tegişli Qarori, Soğliqni saqlaş vazirligi va “Nuroniy” jamğarmasining şu yil 1-avgustdagi qöşma qarorlariga asosan 1-avgustdan 1-sentyabrgaça bölgan davr “Keksalar salomatligini muhofaza qiliş oyligi” deb belgilangan.
Şunga muvofiq oylik doirasida tumanimizda ham keksalar salomatligini asraş, ularning töğri ovqatlanişini taşkil etiş, nuroniylar örtasida jismoniy tarbiya va soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş maqsadidagi tadbirlar taşkil etilmoqda. Bu borada tuman Tibbiyot birlaşmasi xodimlari bilan hamkorlikda bir qator rejali işlar amalga oşirilmoqda. Rejaga köra, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida nuroniylarni yoşi, holatiga qarab, ularning jismoniy tarbiya bilan şuğullanişiga, faol turmuş tarzini yuritişga jalb qiliş maqsadida “Salomatlik uçun 5000 qadam” şiori ostida piyoda yuriş tadbirlari, soğlomlaştiriş maşğulotlari yölga qöyilişi keksalarni faol turmuş tarziga keng jalb etişga xizmat qilmoqda. Yakka-yolğiz va kasalmand keksalar holidan xabar olinib, muolaja çoralari belgilanmoqda. Bu kabi yuksak eʼtibor va ğamxörlik, yaratilayotgan qulayliklar tumanimizdagi nuroniylarni nihoyatda xursand qilmoqda.
Köp tarmoqli markaziy poliklinikada oylik doirasida taşkil etilgan mazkur tibbiy körikda ham tor doiradagi şifokor-mutaxassislar otaxon va onaxonlarning salomatligini tekşiruvdan ötkazişdi. Ulardan qon va boşqa tahlil namunalari olindi. Şu kuni uy şaroitida davolanişga muhtoj keksalardan 3 nafarining salomatligi öz xonadonlarida tekşirib körildi.
Körikdan ötkazilgan 214 nafar keksalar va nuroniylardan 147 nafarida har xil surunkali va ötkir kasalliklar aniqlandi. Ulardan 2 nafariga tuman şifoxonasida statsionar, qolgan 145 nafariga şifokorlar tavsiyasiga asosan ambulator va uy şaroitida soğlomlaştiriş muolajalari tavsiya qilindi. Şuningdek, 3 nafar nuroniyga tiş protezi qöyib beriş rejalaştirildi.
Undan taşqari, körikka taşrif buyurgan keksalarga Tibbiyot birlaşmasining salomatlik markazi masʼullari tomonidan töğri ovqatlaniş, soğlom turmuş tarzini yuritiş böyiça tavsiya va maslahatlar berildi. Keksalarda soğlom va töğri ovqatlaniş, keksalarda jismoniy faollik, kun tartibi, qon bosimini ölçaş, semizlikning kasallik ekani haqidagi maʼlumotlar, eslatmalar qayd etilgan bukletlar ham tarqatildi.
Keksa avlod vakillarini qöllab-quvvatlaş, ularga hurmat-ehtirom körsatiş maqsadida oylik doirasida taşkil etilgan tibbiy körik uçun barça nuroniylar öz minnatdorçiliklarini bildirişdi. Bu kabi ezgu va xayrli işlar yurtimiz fayzi bölgan piru-badavlat keksalar salomatligini yanada yaxşilaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Jumaboy Yavkaşev, TTB taşkiliy-uslubiy bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶