22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 18:58
Jamiyat 👁 287

Yurtning obod manzillari: BOʻZSOLMA MAHALLASIDA BIR KUN

Yurtning obod manzillari: BOʻZSOLMA MAHALLASIDA BIR KUN

Xalqimiz hayotiga kirib kelayotgan oʻzgarishlar, chor atrofimizdagi yangilanishlar eng chekka hududlardagi qishloq va mahallalar qiyofasini ham tubdan oʻzgartirib yubordi. Boisi, mustaqillik xalqimiz uchun ijodiy izlanishlar imkoniyatini berdi. Dehqon dalasini, bogʻbon bogʻ-rogʻini, tadbirkor uzoq yillar koʻngliga tugib qoʻygan orzusini oʻzi istagan yoʻsinda rivojlantirish, berilib ishlash orqali daromad topib, turmush tarzini zamonga mutanosib ravishda oʻzgartirdi. Albatta, yaxshi tomonga! Endi dehqon dalamni haydab bering, deb oʻzgaga yalinib yurmaydi, oʻzining ixchamgina motokultivatori bor. yetishtirgan mahsuloti toza va sifatli boʻlganidan doimo xaridorgir. Ayniqsa, “daladan – doʻkonga – bozor rastasiga” tamoyiliga koʻra, shundoq dalaning oʻzidan sotilib, daromadi qoʻlga kirib turganidan tomorqachi dehqonlar uchun bu borada muammo yoʻq. Tadbirkorlarning esa oʻz koʻnglidagiday ish yuritishlari uchun barcha huquqiy asoslar yaratilgan. Buni biz goʻzal va hamisha navqiron Qilichboy zaminining eng chekka hududlaridan biri – Boʻzsolma mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlganimizda yaqqol his etdik.

Boʻzsolma mahallasida 684ta xonadon tarkibiga birikkan 1007ta oilada 3784 nafar aholi istiqomat qiladi. Qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, turkman, rus va boshqa millatlar ahil-inoq yashayotgan bu goʻzal makonda har kuni bir oʻzgarish, koʻchalar ravon, xonadonlar obod, fayzli. Chunki boʻzsolmaliklar qachon, qanday mehnat qilishni juda yaxshi bilishadi. Aholining asosiy qismi shaxsiy tomorqa xoʻjaligida mehnat qilib, tomorqani moʻl-qoʻl daromad manbaiga aylantirishgan. 627ta xonadonning oʻz tomorqa xoʻjaligi mavjud. Deyarli har bir xonadonning oʻz chorvasi, parrandasi boʻlib, 25ta xonadon esa zamonaviy issiqxona xoʻjaligiga ega. 164 nafar kishi korxona va tashkilotlarda turli mehnat faoliyati bilan band. 21 nafar fuqaro esa tadbirkorlikning savdo-sotiq, milliy hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik yoʻnalishlari bilan shugʻullanishadi. 28 nafar fuqaro yakka tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik va boshqa sohalarda faoliyat olib borishadi.

Hudud aholisining farzandlari uchun 1ta umumtaʼlim maktabi, 1ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab hududida stadion mavjud boʻlib, oʻsib kelayotgan yosh avlodning ham aqlan, ham jismonan yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, mahalla ofisida xalq kutubxonasi tashkil etilib, kitob javonlaridan mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyoti namoyondalarining durdona asarlari, jahon va qardosh xalqlar yozuvchilarining kitoblari joy olgan.

Mahalla fuqarolar yigʻinining 15 kishidan iborat yigʻin Kengashi aʼzolari va MFY komissiyalari hamda jamoatchilik tuzilmalari aʼzolarining oʻzaro hamkorlikdagi faoliyati bois, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar hayotiga doir muammolarni tizimli hal etish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini yil davomida bajarish, “Keksalar maslahati”, “Ota-onalar Universiteti” jamoatchilik tuzilmalarining har bir oilada, har bir fuqaro hayotidagi muammolarni hal etish va zarur shart-sharoitlar yaratish imkoni doimo yuqori.

Xususan, mahallada ijtimoiy muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va ularni joyiga chiqqan holda hal qilish masalasini kompleks tashkil etish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini xonadonbay yondashuv tizimini joriy qilgan holda ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, yoshlarni, xotin-qizlarni kasbga oʻqitish, tadbirkorlik sohasiga jalb qilish maqsadida 2023-yilning 5-yanvaridan boshlab hududdagi barcha xonadonlar xatlovdan oʻtkazildi. Xatlov jarayonida 101ta oilada ijtimoiy muammolar mavjudligi aniqlandi va 101 nafar ayol-qiz “Ayollar daftari”ga kiritildi. 10ta oilada oʻzaro kelishmovchiliklar borligi maʼlum boʻldi va yigʻin oqsoqoli, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisining faol aralashuvi bilan bu oilalar yarashtirilib, ijtimoiy-maʼnaviy sogʻlom hayotga qaytishdi.

Yigʻin masʼullarining xonadonbay oʻrganishlari natijasida 36 nafar ayol-qizlarning bandligi taʼminlandi. 12 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol-qizlarga moddiy yordam koʻrsatilib, 5 nafar ayol-qizlar kasb-hunarga bepul oʻqitildi.

Oilada ayol tinch va xotirjam boʻlsa, jamiyat tinch boʻladi, ishdagi unum sifat jihatidan oʻsadi. “Ayollar daftari”ning 1-toifasi roʻyxatiga kiritilgan 36 nafar ayol-qizlardan 1 nafariga subsidiya asosida issiqxona qurib berilishida koʻmaklashildi. 29 nafar ayol-qizlar esa hududdagi fermer xoʻjaliklariga ishga joylashtirilib, 1 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi.

Daftarning ikkinchi toifasiga kiritilgan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan 17 nafar ayol-qizlardan 1 nafariga chorvachilik bilan shugʻullanish uchun 33 mln. soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi olishida yaqindan yordam berildi. Yana 2 nafar ayol-qizga qishloq xoʻjalik texnika va asbob-uskunalari olishi uchun 33 mln. 16 nafariga 5 mln soʻmdan imtiyozli kredit mablagʻlari olishda koʻmaklashildi.

“Ayollar daftari”ning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi toifalari boʻyicha roʻyxatga olingan boquvchisi boʻlmagan xotin-qizlar, ijtimoiy yordamga muhtoj, 1 va 2 guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ayol-qizlar, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ehtiyojmand ayol-qizlar holidan tez-tez xabar olinib, zarur yordamlar koʻrsatilmoqda.

MFY raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisining hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli aholi hayotiga doir muammolar tizimli hal etilayotganidan boʻzsolmaliklar mamnun.

Hokim yordamchisi Behzod Tursunboyevga “Goʻzallik saloni” ochish niyatida ekanligini bildirgan Iroda Oʻrozmetovaning murojaati MFY Kengashida atroflicha oʻrganilib, uning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishida amaliy yordam beriladigan boʻldi. Umidjon Sidanov esa Mahalla masʼullaridan mamnunligini yashirmaydi. Chunki MFY raisi Bahodir Matyoqubov va Behzod Tursunboyevning begʻaraz yordami tufayli u akfa eshik va deraza romlarini ishlab chiqarish tsexini tashkil etib, oilasi doimiy daromad manbaiga ega boʻldi. Hamqishloqlari bunday qurilish ashyolari uchun tuman markaziga qatnab yurmaydigan boʻlishdi. MFY masʼullarining yoʻl-yoʻriq va koʻrsatmalari bilan Shohistaxon Haydarova subsidiya asosida tikuv mashinasi olib, oʻz xonadoni qoshida tikuvchilik tsexi faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

Hali maktab oʻquvchisi boʻlgan hunarmand qiz Sevinchoy Xolboyeva esa kandakorlik bilan shugʻullanish oqrali oilasiga, ota-onasiga yaqin koʻmakdosh. Sevinchoyni oʻz hunari orqali nafaqat boʻzsolmaliklar, balki Amudaryo tumanida, hatto Qoraqalpogʻiston miqyosida koʻpchilik yaxshi tanishadi.

Mahallada 10 yoshga 1 nuroniy tamoyili asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash borasida quvonarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada faxriy ustoz Salomatxon aya Madaminova yoshlarga chinakam gʻamxoʻr, maslahatgoʻy. Onaxonning hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli Sardorbek Oʻrozboyev oʻz hayotini yaxshi va nurli tomonga oʻzgartiraoldi. Bilib-biomay xato qilib qoʻygan, probatsiya tarkibida hisobda turuvchi Sardorbek Oʻrozboyev yaqinda payvandlash asbob-uskunasi bilan taʼminlandi va u sogʻlom hayotga qaytdi. Ayni paytda Sardorbek hamqishloqlarining payvandlash ishlari boʻyicha buyurtmalarini aʼlo darajada bajarib, olqishlarini olmoqda.

Mahmudjon Shomurodov sartaroshxona, yana bir tadbirkor Umidjon Otamurodov esa oziq-ovqat, avto ehtiyot qismlari, qurilish mollari bilan savdo qiluvchi aralash mollar doʻkon va sholi, un xorazlari faoliyatlarini yoʻlga qoʻygan.

Mahalla masʼullari uchun har bir kun qizgʻin ish vaqti. MFY raisi Bahodir Matyoqubov, hokim yordamchisi Behzod Tursunboyev, profilaktika inspektori Adhamjon Yoʻldoshev. Mahalla xotin-qizlar faoli Nargiza Yusupova, yoshlar yetakchisi Farruh Madrahimov, yoshlarning sevimli maslahatgoʻyi Salomatxon aya Madaminovalar deyarli kunora uchrashib, goh aholi xonadonlarida, goh hududdagi oilaviy shifoxonada, goh MFY ofisida xalq hayotiga doir muammolarni hal etish yuzasidan oʻzaro maslahatlashib olishadi. Xonadonbay yurib, aholining quvonch va tashvishlariga sherik boʻlishadi, aholining taklif va murojaatlarini oʻrganishadi. Mahalla xotin-qizlar faoli Nargiza Yusupova uchun esa mahallaning u boshi bilan bu boshiga borib kelish aslo muammo tugʻdirmaydi. Velosipedini minib yoʻlga chiqqan Nargiza tushlikkacha rejalashtirgan ishlarini qoyilmaqom qilib uddalaydi. Shu bois, mahalla ayol-qizlari Nargizaxondan mamnun.

Yoshlar yetakchisi Farruh Madrahimovning saʼy-harakatlari bilan Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi tadbirlarga mahallaning 90 foiz, yaʼni 700 nafardan ziyod yoshlari qamrab olindi. Mahalla, sektor va tuman bosqichlarida sportning stol tennisi boʻyicha musobaqalarda gʻolib chiqqan 1 nafar boʻzsolmalik sportchi musobaqaning Respublika bosqichida ham faxrli 1-oʻrinni egalladi. Shuningdek, boʻz solmalik yoshlar voleybol, stritbol, futbol sporti musobaqalarida ham doimiy ravishda 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallab kelishmoqda. Yoshlar yetakchisining saʼy-harakatlari bilan yoshlarning oʻqishi va safarbarlik chaqiruvi uchun shartnoma toʻlovlari Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hisobidan toʻlab berilib, ularga ijtimoiy koʻmaklashildi. Umuman olganda, Boʻzsolma Mahalla fuqarolar yigʻini aholisi uchun oʻtayotgan har bir kundan maʼno-mazmunlar topib yashash, oʻzlari uchun qadrdon goʻsha – kindik qoni tomgan muqaddas tuproq – Boʻzsolma mahallasi hududini yanada obod va farovon makonga aylantirish eng oliy maqsad. Ana shu ezgu maqsadni amalga oshirish yoʻlidagi rejalar, qilinayotgan ishlar esa havasga, eʼtiborga munosib. Oʻnga yaqin millatlar xuddi bir ota-ona, yagona oila farzandlaridek ahil, totuv hayot kechirayotgan bu makonda insonning baxtli yashashi uchun hamma narsa – tinchlik, totuvlik, bagʻrikenglik, bundan ham muhimi, oʻzaro mehr-oqibat bor. Birining bolasiga biri bagʻrini ochib mehr berguvchi mehnatkash, fidoyi, ogʻzibir, orzu-intilishlari bir boʻlgan Boʻzsolma mahallasida bir kun boʻlib, dilda havaslar tuydik. Zero, biz bu makonda elim, yurtim, oilam, ota makonim, degan buyuk tuygʻular ila yashab, mehnat qilayotgan aziz insonlarni kashf etdik. Ana shu tuygʻular Vatanni yuksaltiradi va koʻngillarni oʻstiradi. Bor boʻlsin, elim degan elning fidoyi farzandlari!

Robiya YOʻLDOShEVA, Ravshan Bahromov, Mahmudjon Shomurodov.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026