GRANT LOYIHASI DOIRASIDA IJODKOR ODIL ŞOMURODOVNING “OILA MUQADDAS” KITOBI TAQDIMOTIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoşlar örtasida ötkazilayotgan tadbirlarda ularning tafakkuri, maʼnaviy dunyosi boyitilmoqda. Böş vaqtlari mazmunli ötkazilib, kitobxonlikka jalb etilmoqda, şu hududdagi ijodkorlar bilan, ularning yangi asarlari bilan taniştirib borilmoqda. Şu bilan birga intellektual salohiyati oşirilib, milliy, umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhi şakllantirilib borilmoqda.
11-avgust kuni grant loyihasi doirasida “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatida ijodkor Odil Şomurodovning yangi naşrdan çiqarilgan “Oila muqaddas” deb nomlangan kitobi taqdimotiga bağişlangan tadbir ötkazildi.
Tadbirda “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti rahbari Örozali Reyimov, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi, Amudaryo televideniyesi xodimlari, taniqli ijodkorlar Tursunboy Abdullayev hamda Ahmad Nafasovlar, şuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Adabiyotçi yoşlar” tögaragi öqituvçilari va öquvçi-yoşlari qatnaşişdi. Şuningdek, ijodkor Odil Şomurodovning oila aʼzolari, yaqinlari ham taşrif buyurişdi.
Tadbirda Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida hamkor taşkilotlar bilan amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritildi. Fuqarolar yiğinlarida yölga qöyilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yoş kitobxonlar, ijodkorlar haqidagi körsatuvlar, tuman hududidagi kutubxonalarga taşkil etilayotgan sayohatlar barçaga birdek manzur bölayotgani, ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan maqola va xabarlar, lavhalar xususida maʼlumotlar berildi.
Şundan söng, “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti rahbari Örozali Reyimov Odil Şomurodovning ijodiy faoliyati haqida sözladi. “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalarida yoritilayotgan şeʼr, hikoyalari öz muxlislarini topayotgani, yangi naşrdan çiqqan “Oila muqaddas” deb nomlangan kitobi ham kitobxonlarning qalbidan joy olgani haqida gapirib ötdi. Ijodkorning yangi naşrdan çiqqan kitobining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga keng töxtaldi.
Odil Şomurodov 1966-yilda Amudaryo tumanining Örtaqalʼa ovulida tuğilgan. U örta maktabni tugatganidan söng, Oqmanğit pedagogika bilim yurtida tahsil olgan. Bilim yurtini tugatganidan keyin 1988-yilda Ellikqalʼa tumanidagi maktablardan birida öqituvçi bölib iş faoliyatini boşladi. Ötgan yillar davomida yoş avlodga taʼlim-tarbiya beriş bilan birga turli mavzularda ijod qildi. Ijod namunalari tuman, respublika matbuotida yoritilib bordi.
Tahririyat xodimlari ijodkorning öz ijod namunalari bilan yaqindan tanişib borayotgani, uning “Qoraqalpoqman”, “Amudaryom – jöşqindaryom”, “Özbekistonim”, “Oila muqaddas” kabi şeʼrlari muxlislarga juda manzur bölgani, uning şeʼr va hikoyalari çuqur maʼno-mazmunga, tarbiyaviy ahamiyatga egaligi, Vatanga muhabbat, yurtga sodiqlik kabi ezgu tuyğularni yaqqol his qiliş mumkinligini sözlab ötişdi. Şu bilan birga Odil Şomurodovga ijodiy barkamollik tilab, undan yangi ijod namunalarini kutib qolişini aytişdi.
Tadbir davomida sözga çiqqan elda taniqli ijodkorlar Tursunboy Abdullayev va Ahmad Nafasovlar ham tumanda ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan işlar, natijada qobiliyatli, adabiyotsevar va kitobxon yoşlarning safi ortayotgani, ularga qaratilayotgan eʼtibor xususida gapirib, kitob muallifini uşbu yutuq bilan tabriklaşdi. Şuningdek, mazkur kitobning yoşlar maʼnaviyatini yuksaltirişga, tafakkurini oşirişga xizmat qilişini ham taʼkidlab ötişdi.
Tadbirga taşrif buyurgan yoşlarga uşbu kitobni batafsil öqib çiqiş, ijodkorning şeʼriyati bilan yaqindan tanişiş tavsiya qilindi.
Kitobga bölgan muhabbat — bu, eng avvalo, Vatanga, oilaga bölgan muhabbatdir. Odil Şomurodov kabi ijodkorlarni maʼnaviyat tarğibotçilari desak, mubolağa bölmaydi. Ular öz ijod namunalari bilan har bir inson qalbiga çuqur kirib boradi va ezgu tuyğularni şakllantiradi, dunyoqaraşini kengaytiradi, maʼnaviyatini boyitadi.
Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ijodkor Odil Şomurodovning “Oila muqaddas” deb nomlangan kitobi taqdimotiga bağişlab ötkazilgan tadbir ijodkorlar va kitobxonlarga juda manzur böldi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶