Imkon topib...
Yurtimizda aholini ijtimoiy himoya qilişni kuçaytirişga, ayniqsa, nogironligi bölgan fuqarolarga hayotda keng imkoniyat va şaroitlar yaratişga eʼtibor kuçaymoqda. Bu imkoniyati çeklangan fuqarolarga ham jamiyat hayotida faol iştirok etişi, imkon darajasida foydali mehnat bilan şuğullanib, oilasi iqtisodini yaxşilaşiga şaroit yaratadi.
Dunyoga hamma ham jismonan tökis bölib kelavermaydi. Biroq jismida nuqsoni bölsa-da, aql-zakovati, hayotiy qaraşlari, intilişlari tufayli köpçilikning hurmatini qozonayotgan yoşlar köp atrofimizda.
Manğit şahrining Döstlik mahallasida istiqomat qiluvçi Ravşanbek Örozimbetov şularning biri. U 2000-yilda tuğilgan, mexanizator Farhod Tangirberganov va Nilufar Xudoyberganovalar oilasida ikkinçi öğil. Ota-ona unga közlarida tuğma nuqsoni bölgani uçun Ravşanbek deb ism qöyişgan bölsa ajab emas.
Tabiatan zehnli, qiziquvçan bölib ulğaygan Ravşanbek tengdoşlaridan qolişmay, ilm olişga intildi. U törtinçi sinfni tamomlaganida ehtiyojiga köra, Nukusdagi közi ojizlar internotiga borib öqişiga töğri keldi. Bu yerdagi ustozlar saboği, hayotiy ögit-nasihatlari, mehr-muhabbati uni hayotda nolimasdan, imkoniyatiga yaraşa intilib yaşaşga örgatdi, internatda 10-sinfni tugatgaç, Toşkentdagi axborot-texnologiyalari kollejida öqişni davom ettirdi.
Ravşanbek Nukusda, Toşkentda öqigan davrlarida böş vaqtlarida sport bilan şuğullanib, şaşka turi böyiça nufuzli musobaqalarda qatnaşdi va qobiliyatini namoyiş etdi. Erişgan yutuqlari doimo uning könglini kötaradi va olğa intilişga undaydi.
Örta maxsus maʼlumotli dasturçi ixtisosligiga ega yigit sohasi böyiça işlaşga imkoniyati yetmayotgan bölsa-da, ota-onasining qöliga qarab ötirgisi kelmaydi. Şuning uçun ham hovlisi tomorqasiga özi qaraydi, mevali daraxtlarni parvarişlaydi.
Joriy yil köklamida u Döstlik mahallasi yoşlar yetakçisi Dilmurod Yodgorovning kömagi bilan 30 yillik ijara şartnomasi asosida 39 sotix yer oldi. Uşbu yerda takroriy ekin sifatida ekilgan moş, oilasi çorvasiga ozuqa uçun ekilgan jöxori ekinlari bir tekis kökarib, qariç böyi kelib qolgan, 10 sotixça joyini yana buğdoy ekişga tayyorlayapti.
— Kunduzi quyoşda közim qamaşadi, yurişga qiynalaman. Şuning uçun ekinlarga tongda, keçqurun qarayman, — deydi Ravşanbek.
U joriy yil “Beş taşabbus paralimpiadasi” birinçi mavsum musobaqalarida sportning şaşka turi böyiça iştirok etib, tuman bosqiçi ğolibi böldi va diplom, medal, sovğalar bilan taqdirlandi.
Mahalla yoşlar yetakçisi Dilmurod Yodgorov Ravşanbek, u kabi mahalladagi 10 nafar yoşlardan tez-tez xabar olib, muammolarini tinglaşga, ularning turmuş şaroitlarini yaxşilaşga intilayotgani uni yanada intilişga, öz ustida işlaşga çorlayveradi.
Ayni kunda 23 yoşni qarşi olayotgan Ravşanbek Örozimbetovning kelajagiga işongimiz keladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶