Maqsadimiz – xalqimizga munosib turmuş şaroitlari yaratişda kömaklaşiş
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi 5633-sonli “Aholi muammolari bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga asosan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar, davlat organlari va boşqa taşkilotlarning uyma-uy yuriş, murojaatlar bilan işlaş, ijtimoiy va boşqa obʼektlarda aniqlangan muammolarni hal qiliş borasidagi faoliyatini tizimli örganiş, körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritiş, şuningdek, sektorlar faoliyatini baholaşda iştirok etiş böyiça 2023-yilning ikkinçi çoragi davomida samarali işlar amalga oşirildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2023-yil 30-iyun sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan jami 2 042ta masala böyiça murojaatlar kelib tuşgan bölib, şundan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining veb-sayti orqali 174ta, veb-sayt Xalq qabulxonasiga 3ta, Işonç telefoni orqali 1 582ta, Prezident poçtasi orqali 59ta, Prezident Xalq qabulxonasiga 39ta, turli darajadagi sayyor qabullar orqali 55ta, Xalq qabulxonasi poçtasidan 23ta, tuman Xalq qabulxonasi orqali 107ta murojaatlar kelib tuşgan.
Yuqorida qayd etilgan 2 ming 42ta murojaatning 2 007tasi körib çiqilgan bölib, ulardan 81,6 foizi qanoatlantirilgan. Şundan 49,3 foizi ijobiy hal qilingan, 31,5 foizi huquqiy maʼlumot beriş orqali hal qilingan bölsa, 15tasi uzoq muddatli nazoratga olingan. 297tasiga tuşuntiriş berilib, 4tasi körib çiqilmoqda va 8tasi rad etilgan, 60tasi tugatilgan, 2tasi maʼlumot uçun qabul qilingan va 35tasi ayni paytda körib çiqiş jarayonida.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2023-yil 30-iyun sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan bildirilgan 2 ming 42ta murojaatning 1 104tasi Amudaryo tumanidagi davlat organlari, idora va taşkilotlar tomonidan, 938tasi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri hamda Respublikaning boşqa tuman va şaharlaridagi davlat organlari, vazirlik va boşqarmalari tomonidan örganib çiqilgan.
2023-yil 30-iyun sanasiga qadar tumandagi sektor rahbarlari tomonidan özlariga biriktirilgan mahallalarda jami 112-marta ommaviy sayyor qabullar ötkazildi. Uşbu sayyor qabullarda jami 651ta murojaatlar qabul qilingan bölib, barçasi körib çiqildi va mazkur murojaatlarning 93 foizi qanoatlantirildi, 69,7 foizi ijobiy hal qilindi. 153tasi huquqiy maʼlumot beriş orqali hal qilingan bölsa, 44tasiga zarur tuşuntirişlar berildi.
Har bir murojaat ortida inson va uning hayot tarzi, taqdiri bor. Bizning vazifamiz ana şu insonlar – xalq oldidagi masʼuliyatli burçimizni şaraf bilan ado etiş va xalqimizning munosib şaroitlarda yaşaşi uçun zarur bölgan şart-şaroitlarni yaratişda yaqindan yordam berişdir.
E.Rajabov,
Özbekiston Respublikasi Prezidentining
Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶