ÖTA XAVFLI VA YuQUMLI ZOONOZ KASALLIKLARDAN OGOH BÖLING!
Kunlarning issiq davri aholi uçun yuqumli kasalliklardan saqlaniş
borasida masʼuliyatli mavsum hisoblanadi.
Bahor, yoz oylarida öta xavfli Qrim-kongo gemorragik isitma, quturiş, kuydirgi, brutsellyoz kasalliklari köproq uçraydi.
Qrim-kongo gemorragik isitma (ötmişda qora halak, qora ölim deb ham nomlangan) kasalligi hayvonlarda uçraydi va kanalar çaqişi yoki kanani teriş va ezib öldiriş, qöy-eçkilar junini qirqiş vaqtida odamlarga yuqadi. Bemorlar öz vaqtida şifoxonaga murojaat qilmasa, ahvoli oğirlaşib, ayrim holatlarda ölim bilan tugaşi mumkin.
Qrim-kongo gemorragik isitma kasalligini yuqtirib olmaslik uçun aholi qöllariga rezina qölqop kiyib, vaqti-vaqti bilan xonadonida boqilayotgan çorva mollarida kanalar bor-yöqligini tekşirib turişlari şart. Agar kanalar borligi aniqlansa, darhol veterinariya şifokorini çaqirib, ular tomonidan uy hayvonlarini hamda molxona va qöyxonalarni kanalarga qarşi maxsus dezinfektsiya vositalari yordamida işlov berişni taşkil etiş zarur.
Uy hayvonlaridagi kanalarni teriş, uşlaş va ularni ezib öldiriş umuman mumkin emas. Kana çaqqanda yoki qöy junini qirqiş vaqtida kanadan qon saçraganda zudlik bilan şifoxonaga murojaat qiliş lozim.
Quturiş kasalligi ham hayvonlar va odamlarda uçraydigan, asab tizimining oğir şikastlanişi bilan keçadigan hamda ölim bilan yakun topadigan öta xavfli yuqumli kasallikdir.
Odamlar uçun kasallik manbai quturgan uy hayvonlari hisoblanadi. Odamlarga quturiş kasalligi köp holatlarda itlardan, şu kasallikka çalingan hayvonlarning tişlaşi, tirnaşi, tişlarining qadalişi, şuningdek, jarohatlangan teri va şilliq qavatlariga sölagi tuşişi paytida yuqadi. Şuning uçun hayvon tişlagan odam darhol şifokorga murojaat qilib, quturiş kasalligiga qarşi davo muolajalarini olişi zarur. Şunday yöl tutgan odam öz hayoti xavfsizligini taʼminlagan böladi.
Özingiz, yaqinlaringiz va qöni-qöşnilaringizni yuqoridagi öta xavfli yuqumli kasalliklardan himoya qilişda befarq bölmang!
D.Bobojonov,
tuman SEO va JSB epidemiolog-şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶