MAʼNAVIYaT VA MADANIYaT – UÇINÇI RENESSANSNING NEGIZI
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faollari va bir guruh maʼrifat tarğibotçilarining Özbekiston xalqiga yöllagan murojaatnomasini öqir ekanman xayolimdan millat kelajagi, tilimiz, urf-odatlarimiz, ming yilliklarni tutaştirgan qadriyatlarimiz, ota-bobolarimizning meroslari va bugungi yoşlar köz oldimdan bir-bir ötdi.
Har birimiz bilamizki, millatimiz, davlatimiz davomçilari bölmiş yoşlarimizning qalbiga, ongiga global davrning kuçli taʼsiri bor. Yoşlarimizning maʼnaviy-maʼrifiy dunyosini, taʼlim-tarbiyasini, intellektual salohiyatini şakllantirişda ustoz-öqituvçilar, madaniyat-maʼnaviyat sohasi xodimlarining jonkuyarligini alohida tilga oliş joiz. Çunonçi, ular jamiyatni, millatni, Vatanni sevişga, sadoqat bilan xizmat qilişga çorlab, daʼvat qilayotgan maʼnaviyat fidoyilaridir.
Murojaatnomada yoşlarga qarata “Vatanni seviş, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilişda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, maʼrifatparvar jadid bobolarimizning şonli anʼanalarini ardoqlab, ularni munosib davom ettiring. Taʼlim-tarbiya, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni örganişda, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot könikmalarini puxta egallaşda, jahon maydonidagi raqobatda xorijdagi tengdoşlaringizdan aslo kam emasligingizni amalda isbotlang. Siz bunga har tomonlama qodirsiz” deyilgan. Darhaqiqat, murojaatnomada taʼkidlanganidek, yoşlarimiz – xalqimiz umid va işonç bilan köz tikkan kelajak bunyodkorlaridir. Ularni har xil buzğunçi ğoyalar, yot mafkuralar taʼsiridan asraş, bilim va tafakkurini bunyodkorliklarga, ezguliklarga yönaltiriş, azaliy qadriyatlarimizni, maʼnaviy boyliklarimizni qadrlaşga, asrab-avaylaşga örgatiş barçamizning eʼtiborimizda bölişi kerak. Yurtimiz, millatimiz farzandlari, yoşlari hammamizning farzandimiz, ularni kelajak uçun munosib insonlar qilib tarbiyalaşga masʼulmiz.
Aziz yurtdoşlar, qadrli ustozlar, muhtaram mahalla faollari, barçamiz Yangi Özbekistonning, Uçinçi Renessansning poydevorini barpo etişda jipslaşaylik! Birgalikda ulkan marralarni zabt etaylik! Farovon jamiyat qurişdek uluğ maqsad yölida birgalikda harakat qilaylik!
Vatanimiz, millatimiz, tilimiz, qadriyatlarimiz or-nomusimiz, anʼanalarimiz va özligimizni sadoqat bilan himoya qilişda bir yoqadan boş çiqarib, bir jon-u, bir tan bölaylik!
Zulfiya Ollayorova, 1-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶