14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:29
Jamiyat 👁 233

MAShAQQATLI MEHNATLAR EʼTIROFI

MAShAQQATLI MEHNATLAR EʼTIROFI

Fidoyilik! Bu bir qarashda balandparvoz soʻzdek tuyulsa-da, zamirida bir insonning oʻz halovatini oʻylamay qilgan mashaqqatli mehnatlari, ertaga bugungidan ham unumli ishlash, umum manfaatiga hissa qoʻshish yoʻlidagi sof orzulari bor. Chor-atrofimizga nazar solsak, bunday toifa insonlar juda koʻp.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, el sevgan ijodkor, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, qator badiiy, publitsistik asarlar muallifi Robiya Yoʻldoshevani men hech ikkilanmay yurtimiz fidoyilarining biri, degan boʻlardim.

Robiya bilan “Amudaryo haqiqati” (hozirgi “Taraqqiyot koʻzgusi”) gazetasida jurnalistik faoliyatimizni deyarli baravar boshlaganmiz. U paytlarda gazeta haftasiga uch marta yorugʻlikka chiqar, gazeta ijodiy xodimlari, bosmaxona ishchilarining navbatchilari uchun ish to gazeta tayyor boʻlguncha – goh yarim kecha, goh tonggacha davom etardi. Lekin hech kim bundan nolimas, ogʻrinmas, ertalab yana odatdagi ishga shoʻngʻib ketaverardi. Charchoq ham oʻz yoʻliga, gazetaning yangi soniga yorugʻlikka imzo chekkan navbatchining zimmasida shu sonning har bir harfi  uchun masʼuliyat borligini faqat soha xodimlarigina his qiladi. Lekin gazetaning hali siyohi qurib-qurimagan har yangi sonini qoʻlingga olib, koʻzlaring nuri, mashaqqatli mehnating, aziz umring baxshida etilganini his qilishning zavqi boshqacha.

Robiya Yoʻldosheva umrining keyingi qirq yilga yaqin muddatining asosiy qismi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida, qaynoq mehnat jarayonida kechdi. Bundan tashqari, “Sogʻindim”, “Amudaryo sabolari” nazmiy toʻplamlarini, “Adashganlar qissasi” qissa va hikoyalar toʻplamini kitobsevar yurtdoshlarimizga taqdim etdi. Shu barobarida uzoq yillar tuman xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi ijodkor xotin-qizlar bilan ishlash Kengashi raisi sifatida tumanda yashab ijod etayotgan yigirma nafardan ziyod yosh ijodkorlarning kitoblari nashr etilishiga koʻmaklashdi. 2017-yilda “Matbuotga baxshida umr” badiiy publitsistik,  2019-yilda “Ezgulik yoʻlidagi matonat” tarixiy-publitsistik hujjatli qissa kitoblari nashrdan chiqdi.

Kichkinagina jussasida olamcha qudrat yashiringan, hatto yillar ham kuch-gʻayratiga oʻz taʼsirini oʻtkaza olmagan iqtidorli jurnalistni izlasangiz – doimo band holda koʻrasiz. U “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati nashriyoti”da chop etilayotgan turli janrlardagi kitoblarning deyarli barchasiga muharrirlik qilish bilan cheklanmay, oʻzi ham samarali ijod qiladi. Biri badiiy publitsistik, biri – hujjatli qissadan iborat ikki kitobi nashrga tayyorlanmoqda, keyingi yillarda yozilgan, vaqtli matbuotda yoritilgan, yoritilmagan sheʼrlari, hikoyalari bir emas, ikki kitob ham boʻlgulik.

Odam agar oʻz kasbini sevsa, mashaqqatlaridan ham zavq oladi, charchamaydi. Shu bois ham iqtidorli ijodkor, Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy Uyushmasi aʼzosi Robiya Yoʻldosheva ish faoliyatidagi bunday yuklamalardan ortib, oilasida mehribon ona, tadbirli qaynona, sevimli buvi. Turmush oʻrtogʻi Rajabboy Qodirov bilan ikki oʻgʻil, bir qizni oliy maʼlumotli mutaxassis qilib, el xizmatiga qoʻshdi, kenjatoyi – oliygoh talabasi. Hovlisi atrofini oʻrab turgan mevasi larzon bogʻ, tomorqasi Robiyaning ishdan boʻsh vaqtlarida ishlab (dam olib emas), charchogʻini yozadigan maskani. Erta bahordan eng sara mevalarni, totli pomidor, bodringlarni hamkasblarga ilinib, koʻtarib keladi va bu ishidan oʻzi juda quvonadi.

Tinib-tinchimaydigan, boshqalardan farqli, bir-ikki chaqirim masofaga mashina poylab ham turmay, oʻz taʼbiricha “bir yugurib yetib oladigan”, faollikni hayotiy shioriga aylantirgan Robiya Yoʻldoshevaning hayotida joriy yilning 5-iyulida yana bir quvonchli voqea boʻldi: shu kuni tumanimiz koʻchaboshchilari va faollari bilan uchrashuvi chogʻida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev unga “Vatan fidoyisi” koʻkrak nishonini topshirdi.

Ijodkorga mehnatlari buningdek eʼtirof etilishi ulkan maʼnaviy ragʻbat, ijodiy quvvat baxsh etdi.

Biz hamkasblari oʻz nomimizdan va koʻp sonli gazetxonlar nomidan Robiya Yoʻldoshevani koʻkrak nishon bilan qizgʻin qutlab, yangi ijodiy choʻqqilarni zabt etaverishini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019