21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:57
Salomatlik 👁 336

Olmazor − obod va farovon mahalla

Olmazor − obod va farovon mahalla

Mahalla — Vatan ichidagi kichik Vatan. U qanchalik obod boʻlsa, yurtimiz shunchalik obod, xalqimiz turmushi farovon boʻladi. Mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar, avvalo, mahallalarda, har bir inson hayotida boʻy koʻrsatishini taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotganining sababi ham shu.

Amudaryo televideniyesi tahririyati mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni, mana shu islohotlar natijasida mahallalarda roʻy berayotgan oʻzgarish va yangilanishlarni telekanalda keng yoritib kelmoqda. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ham maʼnaviy va maʼrifiy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan eng namunali mahallalar faoliyati haqida koʻplab koʻrsatuvlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda.

Telekanal ijodiy guruhi grant loyihasi doirasida mahallalardagi namunali oilalar bilan tanishish maqsadida Mangʻit shahrining Olmazor mahallasiga tashrif buyurdi.

Aytish lozimki, Olmazor mahallasi tumandagi eng namunali, obod va farovon mahallalardan biri hisoblanadi. Ushbu mahallada faoliyat yurituvchi mahalla tizimi xodimlarining, qolaversa, koʻcha boshchilarining oʻzaro hamkorlik va hamjihatlikda ish olib borishlari tufayli joriy yilning oʻtgan 6 oyi mobaynida mahallada bironta ham ajrim holati kuzatilmadi. Sababi, mahallada uzoq yillardan buyon hamjihatlikda yashab kelayotgan oilalarning yosh oilalarga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelayotgani, yangi turmush qurgan oilalarning tinch- totuvlikda, ahil-inoqlikda yashashlarida muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

Yosh oilalarga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelayotgan mana shunday oilalardan biri Rustam aka Yusupovning oilasidir. Rustam aka turmush oʻrtogʻi Roza opa bilan uzoq yillardan buyon oʻzaro ogʻizbirchilikda yashab, ikki qiz va bir nafar oʻgʻil farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Farzandlariga yoshlik paytidan toʻgʻri tarbiya berib, halol luqma yedirdi.

Oʻzining mehnat faoliyati davomida hamkasblariga hurmat-izzatda boʻlib, elning duosini oldi. Shu sababdan hammi, farzandlar otaning mukammal tarbiyasini olib, nufuzli oliygohlarda taʼlim-tarbiya oldilar. Oʻzlari tanlagan kasbning yetuk mutaxassisi boʻlib yetishdilar. Yulduzxon va Nargizaxon qizlari turmush qurgach, turmush oʻrtogʻining xizmat vazifasi sabab ota-onasidan olisroqda – Navoiy va Toshkent shaharlarida yashashadi. Ammo, suyukli onaning bergan oqilona tarbiyasi ularga hamisha hamroh.

Oiladagi sogʻlom maʼnaviy muhit, nevaralarga berilayotgan eʼtibor tufayli oilaning toʻngʻich nevarasi Rasulbek rassomchilikka mehr qoʻydi. 2-sinflik paytidan “Yosh rassomlar” toʻgaragiga qatnashib koʻplab tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Yoshgina boʻlishiga qaramasdan, nabirasining erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlaridan bobosi va buvisi gʻururlanib, uning kelajakda taniqli rassom boʻlib yetishishi uchun hamisha duo qiladi.

Joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida Olmazor mahalla fuqarolar yigʻini raisi Azat Madraimov, hokim yordamchisi Hamro Yoʻldashev, xotin-qizlar faoli Oʻrozgul Yakubova, profilaktika inspektori Muslimbek Jabborberganov, yoshlar yetakchisi Alibek Sobirovlarning oʻzaro hamkorlikda va hamjihatlikda faoliyat yuritishlari natijasida oilaviy ajrimlar, yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir etilmadi.

Mahalla xodimlari, koʻcha boshchilari, “Oqila ayollar harakati” aʼzolari mahalladagi har bir oilaning yashash sharoiti, turmush tarzidan doimiy ravishda boxabar boʻlib turadilar. Mahalladagi mavjud muammolarni esa birgalikda bamaslahat hal qiladilar.

Rustam aka singari koʻpni koʻrgan, tajribali el ogʻalarining tashabbuskorligi, mahalla aholisini birlashtira olishdek qobiliyatlari tufayli mahalla hududi yanada obod boʻlib bormoqda.

Shu oʻrinda aytish lozimki, har qanday mamlakat va davlatning eng katta boyligi, kuchi qudrati bu uning bagʻrida yashayotgan oilalar va aholidir. Yurt tinchligi oilalar tinchligidan, el-yurt farovonligi oilalar farovonligidan paydo boʻladi.

Olmazor mahallasida yashovchi Rustam aka va Roza opaning oilasi singari bagʻri butun, obod oilalarda mamlakatimiz kelajagi boʻlgan maʼnaviy barkamol avlod voyaga yetadi, unib-oʻsadi. Mana shunday barkamol yoshlarning esa Vatan taraqqiyoti va yurt ravnaqiga munosib hissa qoʻshishlari shubhasiz.

Fotima Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026