Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi musobaqasining tuman bosqiçi ğoliblari tantanali ravişda taqdirlandi
14-iyun kuni Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi uçun ötkazilgan futbol va mini futbol böyiça musobaqalarning Amudaryo tumani bosqiçi ğolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati Amudaryo tuman bölinmasi boşliği Sanjar Nazarov, tuman hokimi örinbosarlari, ğolib va sovrindor jamoalar, yoşlar yetakçilari, faol yoşlar iştirok etişdi.
Tantanali taqdirlaş marosimida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev mamlakatimizda sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, ayniqsa yoşlar orasida sportni va soğlom turmuş tarzini tobora ommalaştiriş borasida olib borilayotgan işlar xususida aytib ötdi. Şuningdek, tuman hokimi öz sözida uşbu bosqiçga yetib kelib, unda muvaffaqiyatli qatnaşgan va ğoliblikni qölga kiritgan jamoalarni qizqin tabriklab, keyingi – hududiy va Respublika bosqiçlarida ham omad tiladi.
Aytiş kerakki, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ular örtasida ommaviy sportni rivojlantiriş hamda soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş maqsadida Respublikamizning barça hududlarida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari ötkazilmoqda.
Amudaryo tumanida ham joriy yilning 12-aprel kuni mazkur musobaqaga start berilgan edi. Şu kundan boşlab mahalla yoşlaridan iborat jamoalar sprotning futbol va mini futbol turlari böyiça özaro bellaşdilar. Ahamiyatlisi, şiddatli va murosasiz keçgan uşbu musobaqalar qizlar örtasida ham ötkazilib, ular ham musobaqalarda munosib iştirok etişdi.
Futbol böyiça saralaş, sektor bosqiçlaridan muvafaqqiyatli ötib, tuman bosqiçiga yetib kelgan jamoalar örtasidagi bellaşuv 27-may kuni Döstlik mahallasi hududidagi Bolalar va ösmirlar sport maktabiga qaraşli maydonda bölib ötgan edi.
Yakuniy natijalarga köra, futbol böyiça Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining tuman bosqiçida mutloq ğoliblikni Tölqin ovuli yoşlari egallaşgan bölsa, ikkinçi öringa kuyuk-köpirlik yoşlar jamoasi munosib deb topildi. Uçinçi örinni esa Xolimbeg ovuli yoşlari egallaşdi.
Mini futbol böyiça esa, Böston mahallasi yoşlari faxrli birinçi örinni, Xizir eli mahallasi yoşlari ikkinçi örinni, Daryoböyi mahallasi yoşlari esa uçinçi örinni egalladilar.
Qizlar örtasida keçgan şiddatli musobaqalarda xolimbeglik qizlar birinçi örinni, Qiliçboy ovuli qizlari ikkinçi va Oq oltin ovuli qizlaridan iborat jamoa uçinçi örinni egalladi. Futbol musobaqasida mutloq ğoliblikni qölga kiritgan jamoalar hududiy bosqiçda qatnaşiş uçun yöllanmani qölga kiritişdi.
Taqdirlaş marosimida ğolib jamoalarga Davlat Xavfsizlik xizmati Raisi kubogi tantanali tarzda topşirildi. Şuningdek, tuman bosqiçi ğoliblarining har biriga qimmatbaho sovğalar, medal hamda taşakkurnomalar topşirildi.
Tadbirda sözga çiqqanlar jamaolarning huduiy va respublika bosqiçlarida ham faxrli birinçi örinni olişlariga tilakdoşlik bildirib, omad tilaşdi. Taqdirlaş marosimida tumanimizning taniqli estrada yulduzlari tomonidan kontsert dasturi namoyiş etilib, yoşlarga xuş kayfiyat ulaşildi.
Yoşlar ona Vatan, döstlik, sevgi va muhabbat tarannum etilgan gözal qöşiqlarga raqsga tuşdilar. Tantanali taqdirlaş marosimi barça yoşlar dilida öçmas tassurotlar qoldirdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶