AMUDARYoLIK ShOIRA ONAXON “XALQLAR DOʻSTLIGI” KOʻKRAK NIShONI BILAN TAQDIRLANDI
Joriy yilning 2-iyun kuni Namangan viloyati, Pop tumani, “Barkamol avlod markazi”da Qozogʻiston Respublikasi “Qos qanat” (“Qoʻsh qanot”) Xalqaro fondining navbatdagi taqdimot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish mobaynida “Yoz tarovati” nazmiy tanlovida faxrli oʻrinlarni egallagan hamda “Isteʼdodli ijodkor” nominatsiyasi gʻoliblari “Olqish xat” va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Taqdimot yakunida fondga yangi qabul qilingan ijodkorlarga aʼzolik guvoxnomasi “Qoʻsh qanot” fondi direktori E.ETatiyev tomonidan hamda “Moʻʼtabar Ona” va “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Mukofotlanganlar safida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidan Jumagul Yunusova ham bor. J.Yunusova “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, shu kuni Jumagul Yunusovaning “Sogʻinch” deb nomlangan kitob taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. Tadbir ishtirokchilari va “Qoʻsh qanot” Xalqaro fondi masʼullari hamda mazkur fond qoshidagi ijodkorlar Uyushmasi aʼzolari Amudaryolik sermahsul ijodkor Jumagul Yunusovani “Sogʻinch” sheʼrlar toʻplami bilan tabriklab, shoira onaxonning sheʼrlariga munosib baho berdilar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶